Visbadendagi federal statistik idora xabariga ko‘ra, 2018 yilning uchinchi choragida Germaniya iqtisodiyoti 0,2 foizga kamaygan. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Germaniya yalpi ichki mahsuloti hajmining pasayishi 2015 yilning ilk choragidan beri choraklik muddatda birinchisiga aylandi. Iqtisodiyot sohasidagi ekspertlar yalpi ichki mahsulot hajmi 0,1% ga pasayishini prognoz qilishdi.
Statistika bo‘yicha ekspertlar fikricha, uchinchi chorakda yalpi ichki mahsulot hajmining qulashi, mos ravishda birinchi hamda ikkinchi chorakdagi 0,4% va 0,5% lik o‘sishdan so‘ng, tashqi iqtisodiy omillarga bog‘liq. Xususan, iyul oyidan sentabrgacha Germaniyadan eksport kamayganligi qayd etildi. Bir qator mutaxassislar fikriga ko‘ra, Germaniyada yalpi ichki mahsulot hajmining kamayishi avtomobilsozlik sanoatidagi rekord yo‘qotishlar tufayli yuz berdi, mamlakat iqtisodiyotining jadal sur'atlar bilan o‘sib borishi ortda qoldi, sababi mavjud quvvatlardan maksimal darajada foydalanilgan.














