Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rilayotgan ayrim ishlar ma’muriy sudlar yurisdiksiyasiga o‘tkaziladi
2024 yil 1 yanvardan iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida ko‘rilayotgan ishlar ma’muriy sudlar yurisdiksiyasiga o‘tkaziladi.
Foto: Shutterstock
“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, 1 yanvardan iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida ko‘rilayotgan ishlar ma’muriy sudlar yurisdiksiyasiga o‘tkazilishi belgilangan.
Shuningdek, soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati 5 yildan 3 yilga tushiriladi.
Aholi va tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar bo‘yicha foizlar va neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi.
To‘lov miqdori kredit majburiyatlarini bajarish uchun yetarli bo‘lmaganda, mablag‘larni birinchi navbatda mutanosib ravishda muddati o‘tgan asosiy qarz va foiz qarzdorliklarini, ikkinchi navbatda joriy to‘lov uchun hisoblangan foizlar va asosiy qarzni, keyingi navbatlarda neustoyka va ijro xarajatlarini qo‘llashga yo‘naltirish tartibi o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
20:50 / 06.01.2026
“Credit House” ishi bo‘yicha zarar summasi hanuz aniq emas – suddan reportaj
08:49 / 30.12.2025
Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora bilan ushlandi
19:35 / 25.12.2025