O‘zbekiston | 14:06 / 25.12.2018
14068
2 daqiqa o‘qiladi

Yuridik shaxs mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi soliq solinadigan bazaning 2 foizi miqdorida belgilandi 

Foto: Fotolia

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Soliq va byudjyet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi quyidagi mazmundagi 269-1-modda bilan to‘ldirildi:

«269-1-modda. Soliq stavkasi

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi soliq solinadigan bazaning 2 foizi miqdorida belgilanadi.

Normativ muddatlarda belgilanmagan jihozlar va normativ muddatda tugallanmagan qurilish obektlariga mol-mulk solig‘i, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ikki karra oshirilgan stavkada to‘lanadi. 

Normativ muddatda tugallanmagan qurilish obektlari, bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar bo‘yicha, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ushbu maydonlardan samarasiz foydalanilayotganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqarilgan xulosa asosida, oshirilgan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi».

Mavzuga oid