Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada narxi 20 ming dollar bo‘lgan Pikachuli soat ishlab chiqarishdi
Foto: RJ-Romain Jerome
Shveytsariyaning RJ-Romain Jerome kompaniyasi Pokemon mediamahsulotining 20 yilligiga bag‘ishlab soat taqdim etdi. Model eng taniqli «cho‘ntak maxluqlar»dan biri — Pikachuga atab yaratilgan. Bu haqda Highsnobiety xabar berdi.
Soat korpusi qora DLC qoplamali titandan tayyorlangan bo‘lib, tasma esa vulkanizatsiya qilingan plastikdan yasalgan. Model cheklangan adadda, 20 nusxada ishlab chiqarildi. Narxi — 20 ming dollar.
RJ-Romain Jerome kompaniyasiga 2004 yilda asos solingan. Bosh idora Jyenevada joylashgan bo‘lib, mazkur marka ostida Berlin ustunining qulashi, Meksikaning o‘liklar kuni va Islandiyaning Eyyafyadlayyokyudl vulqoni sharafiga soatlar ishlab chiqarilgan.
Kompaniyaning yana yangi mashulotlaridan biri — mashhur ommaviy videoo‘yin Super Mario Bros'ga bag‘ishlangan soat. Model korpusi qora rangda bo‘lib, soat qobig‘i esa 8 bitli Mario surati va qahramonni o‘yinda kattalashishiga yordam beruvchi olovrang qo‘ziqorin bilan bezalgan.
Mavzuga oid
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
22:04 / 05.01.2026
Shveytsariya Maduro va uning sheriklarining barcha aktivlarini muzlatib qo‘ydi
15:42 / 05.01.2026
Shveytsariya kurortidagi yong‘in: yana 16 qurbonning shaxsi aniqlandi
08:31 / 04.01.2026