O‘zbekiston | 00:18 / 10.02.2018
25219
2 daqiqa o‘qiladi

Sergeli metro yo‘li ostida Prezident taklifiga ko‘ra veloyo‘laklar barpo etiladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun poytaxtda qurilayotgan obektlarni aylanishi chog‘ida Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘li ostidagi hududni obodonlashtirish, qo‘shimcha xizmatlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

«Bu juda keng maydon shahrimizga madaniyat, ekologiya, toza havo olib kirishi kerak», — dedi prezident.

«Metro estakadasi ostini obodonlashtirishni joy-joyiga qo‘yishimiz kerak. Bir tomoniga piyodalar uchun yo‘lkalar va veloyo‘laklar qilish kerak. Velosiped minish sog‘liqqa ham yaxshi, odamlar ham rozi bo‘ladi. Bu joylar velosiped minish uchun xavfsiz hudud bo‘lishi kerak. Velosiped ijaralari yo‘lga qo‘yilishi kerak. Foydalanishga beriladigan velosipedlardan yoshlar ham, qariyalar ham kunning istalgan vaqtida birdek foydalanishadi. Bu juda qulay», — dedi Prezident Sergeliga eltuvchi metro yo‘li ostini obodonlashtirish uchun o‘z takliflarini berar ekan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid