Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kadastr agentligining asosiy vazifalari ma'lum bo‘ldi
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas'uliyati belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi hamda Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi nizom;
Davlat muassasasi shaklida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, agentlik ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya va kartografiya hamda davlat kadastrlarini yuritish sohasida, shuningdek, yerlarning hisobini yuritish, davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga bo‘ysunadi.
Agentlik Davlat soliq qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.
Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlik markaziy apparati;
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining tuman (shahar) bo‘limlari;
Davlat kadastrlari palatasi;
Nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish komissiyasi;
Respublika aerogeodeziya markazi;
Davlat kartografiya-geodeziya fondi;
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti;
“Geoinnovatsiya markazi” DUK;
“Kompyuterlashtirish va geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK;
Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji.
Agentlik tizimidagi tashkilotlar va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Agentlikka bo‘ysunadilar.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlash;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish;
b) geodeziya va kartografiya sohasida:
geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirish;
aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiyaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma'lumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish;
davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritish;
v) davlat kadastrlarini yuritish sohasida:
davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirish;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini ta'minlash;
g) yerlarning hisobini yuritish sohasida:
yer resurslaridan maqsadli foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
yer tuzish, yerlarning hisobini yuritilishini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
d) davlat yer, kadastr va geodeziya nazoratini amalga oshirish sohasida:
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat yer nazoratini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta'minlashga va yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali davlat yer nazoratini amalga oshirish;
davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini ta'minlashga qaratilgan davlat kadastr nazoratini amalga oshirish;
geodeziya va kartografiya sohasida ishlarni olib borishning belgilangan tartibiga va normativ-texnik hujjatlar talablariga hamda davlat standartlariga rioya etilishi ustidan davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish;
ye) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
j) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ta'minlash.
Mavzuga oid
11:59 / 17.12.2025
Dala chetlaridan foydalangan fermerlarga soliq imtiyozlari beriladi
15:58 / 20.11.2025
O‘zbekistonda Urbanizatsiya qo‘mitasi tuzildi. Unga Sherzod Qudbiyev rahbarlik qiladi
14:39 / 22.10.2025
Atom stansiyalarida xavfsizlik madaniyati uch darajali model orqali joriy etiladi
15:35 / 23.09.2025