Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 oktyabrdan 200 mlrd so‘mdan oshadigan loyihalarni kommunikatsiya bilan ta'minlash davlat budjetidan amalga oshiriladi
“Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
2021 yil 1 oktyabrdan investorning qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan, uning o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan investitsiya loyihalari doirasida budjet ssudasi mablag‘lari:
- elektr energiyasi tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari uchun – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJlarga;
- tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari uchun – “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgazta'minot” AJlarga ajratiladi.
Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:15 / 29.12.2025
Vingroup O‘zbekistonda shaharsozlik va turizm loyihalarini o‘rganmoqda
15:32 / 24.12.2025