Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentyabrdan O‘zbekiston fuqarolarining Qirg‘izistonga kirishiga ruxsat beriladi
Foto: akchabar.kg
1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Qirzig‘istonga cheklovlarsiz bora olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda 24.kg Qirg‘izistonning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yich shtabiga tayanib xabar tarqatdi.
Ma'lum bo‘lishicha, qirg‘iz rasmiylari O‘zbekistonni COVID-19 bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror davlatlar ro‘yxatiga kiritgan. Bu ro‘yxatdagi davlatlar fuqarolari Qirg‘izistonga kirib-chiqishi mumkin.
Hozirda Qirg‘izistonga quyidagi davlatlar fuqarolari kirishi mumkin: Rossiya, Gruziya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Belgiya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Portugaliya, Turkiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Qatar, BAA, XXR, Malayziya, Janubiy Koreya, Pokiston, Sloveniya, Kuvayt, Yaponiya.
Mavzuga oid
14:40 / 21.01.2026
Jamshid Xo‘jayev Tojikiston qo‘yayotgan savdo cheklovlariga javob choralarini istisno qilmadi
11:20 / 20.01.2026
“Tajovuzning mafkuraviy boshlanishi” - ekspertlar Duginning chiqishi haqida
20:02 / 18.01.2026
Yana bir propagandachi Markaziy Osiyo mamlakatlari suverenitetiga qarshi chiqdi
20:56 / 16.01.2026