Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temiryo‘llari» bosh muhandisi Husniddin Hosilov ishdan ketdi
Husniddin Hosilov o‘tgan yili kompaniya raisi lavozimida ishlagan vaqtida tizimda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani ortidan ishdan olingandi.
Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ
«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ bosh muhandisi Husniddin Hosilov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi. U mazkur lavozimga dekabr oyida tayinlangandi.
«O‘zbekiston temiryo‘llari»ning sobiq raisi iyul oyida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingandi.
Prezident o‘shanda Hosilov bilan bir qatorda avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va «O‘zsuvta’minot» rahbarlari, suv xo‘jaligi va transport vazirlari o‘rinbosarlari ishdan olinganini e’lon qilgandi.
Husniddin Hosilov 1970 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent temiryo‘l muhandislari institutini injyener-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida «O‘zinterservis» qo‘shma korxonasi, «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» unitar korxonasi, «O‘zbekiston temiryo‘llari» DATK, Vazirlar Mahkamasi departamentida turli lavozimlarda ishlagan.
2016 yil apreldan «O‘zbekiston temiryo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining bosh menejer — bosh muhandisi lavozimida ishlay boshlagan. U 2019 yilning fevralida 2002 yildan buyon kompaniya boshqaruv raisi sifatida ishlab kelgan Ochilboy Ramatov o‘rnini egallagan.
Mavzuga oid
19:28 / 22.12.2025
Toshkent va Qozon o‘rtasida poyezdlar harakati tiklandi
10:11 / 18.12.2025
Saida Mirziyoyeva Urgutga yangi temiryo‘l orqali bordi
14:05 / 17.12.2025
Toshkent–Samarqand yangi temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ldi
07:35 / 17.12.2025