Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Markaziy Osiyo davlatlarini suvni adolatli taqsimlashga chaqirdi
Qanat Bozumbayevning ta’kidlashicha, joriy vegetatsiya davri o‘ta keskin sharoitda o‘tmoqda, yaqin yillarda prognoz qilinayotgan iqlim yomonlashuvi va suv tanqisligi Markaziy Osiyo davlatlaridan erishilgan kelishuvlarga qat’iy rioya etishni talab qiladi.
Foto: primeminister.kz
Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Qanat Bozumbayev Markaziy Osiyo davlatlari suv xo‘jaligi idoralarini iqlim muammolari sharoitida suvni adolatli taqsimlashni ta’minlashga chaqirdi.
Bu haqda u Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xo‘jaligi komissiyasi (DMSK) yig‘ilishidagi nutqida aytib o‘tdi.
Bozumbayevning ta’kidlashicha, joriy vegetatsiya davri o‘ta keskin sharoitda o‘tmoqda, yaqin yillarda prognoz qilinayotgan iqlim yomonlashuvi va suv tanqisligi Markaziy Osiyo davlatlaridan muvofiqlashtirilgan harakatlarni va erishilgan kelishuvlarga qat’iy rioya etishni talab qiladi.
Uning ta’kidlashicha, Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi Sirdaryo daryosida joylashgan Chordara suv omborining hajmi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan pastga tushib ketgan, bu esa quyi oqimdagi suv ta’minotiga tahdid soladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, DMSK doirasida qabul qilingan qarorlar to‘liq hajmda bajarilmayapti, bu esa suv rejimini tartibga solishda jiddiy qiyinchiliklarga olib kelmoqda.
«Vaqt bizdan ko‘proq dinamikani talab qilmoqda: nafaqat muhokama qilish va rejalashtirish, balki aniq choralar ko‘rish kerak. Ishonchim komil, hamkorligimiz ishonch va o‘zaro anglashuv ruhida rivojlanadi, birgalikdagi ishlarimiz esa mamlakatlarimiz va butun mintaqa uchun sezilarli natijalar beradi», deb ta’kidladi Bozumbayev.

Yig‘ilishda joriy qishloq xo‘jaligi mavsumida Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv omborlarining ish rejimlari, shuningdek, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari tomonidan belgilangan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish doirasida Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston suv-energetika idoralari delegatsiyalari vakillarining ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda suv omborlarining tasdiqlangan limitlari va ish rejimlari muhokama qilindi, shuningdek, kelgusi vegetatsiya davriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilandi. Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xo‘jaligi komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:04
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
12:13 / 28.12.2025
Aqto‘bedagi halokatlar: sabablar nima?
23:27 / 27.12.2025
Qozog‘iston tog‘larida uch kishining jasadi topildi
12:53 / 27.12.2025