Jahon | 21:09 / 01.12.2016
10199
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi

Foto: © RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi. Putin tegishli farmonni  1 dekabrda imzoladi.
 
Farmon matnidan ma'lum bo‘lishicha, Rossiya Suriyadagi ixtilofni tartibga solish va bu davlatning birdamligi, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Bundan tashqari, Rossiya Koreya yarimorolidagi keskinlikni kamaytirishga intiladi va Yaponiya bilan qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishni davom ettiradi. 

Yangi konsepsiyaga ko‘ra, Rossiya tashqi siyosatidagi faoliyatida xalqaro qonunchilikni mustahkamlashni ustuvor vazifa deb hisoblaydi. "Rossiya alohida davlatlarning xalqaro huquqni taftish qilishga va uni istagancha talqin qilishga urinishlariga qarshi chiqadi", deb aytilgan farmonda.

Kontseptsiyada Rossiya yadroviy qurolni tarqatmaslik siyosatiga amal qilishi aytib o‘tilgan. 

Hujjatda shuningdek AQShning g‘arbiy ittifoqdoshlari bilan birga Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy bosim o‘tkazish yo‘li bilan uni bosib turishga qaratilgan harakatlari ham eslab o‘tilgan. Farmonda ta'kidlanishicha, Rossiyaning G‘arbdagi hamkorlarining o‘zini bunday tutishi nafaqat mintaqaviy, balki global barqarorlikka ham putur yetkazadi. 

Kontseptsiyada Rossiyaning NATOning kengaytirilishi va alyans kuchlarining Rossiya chegaralariga yaqinlashishiga hali ham salbiy munosabat bildirishi aytib o‘tilgan.

Yangi konsepsiyada Arktika haqida ham to‘xtab o‘tilgan: Rossiya bu hududda o‘zaro manfaatlar hisobga olingan holda Kanada bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga tayyorligi bildirilgan.

 

Mavzuga oid