Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya O‘zbekistonda innovatsion bog‘cha tashkil etadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Joriy yilning 29 noyabr kuni maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamda Koreyaning boshlang‘ich ta'lim sohasidagi yetakchi ekspert va konsultantlarini qabul qildi.
Uchrashuvda KOICA rahbariyati bilan maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishni davom ettirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Muloqot davomida tomonlar O‘zbekistonda maktabgacha ta'limni rivojlantirish, unga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish maqsadida innovatsion MTT hamda Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasi asosida mutaxassislarni qayta tayyorlovchi innovatsion o‘quv markazi tashkil etish haqida kelishib oldilar. Vazirlik tomonidan loyihaning konsepsiyasi va maqsadi yuzasidan koreyalik ekspert va konsultantlarning savollariga javob berildi. Koreya Respublikasi vakillari tomonidan mazkur loyihada hamkorlik qiluvchi maktabgacha ta'lim tizimidagi kuchli mutaxassis va professorlardan tarkib topgan ishchi guruh tanishtirildi.
Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasi asosida tashkil etilayotgan Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markaz loyihasi “Bolalarni erta rivojlantirish markazi” va 600 o‘rinli Innovatsion maktabgacha ta'lim tashkilotini o‘z ichiga oladi. Ushbu loyiha maktabgacha ta'lim xodimlarining malaka sifatini yaxshilash, ixtisoslashtirilgan soha xodimlarining tajriba va malakasini oshirish shuningdek, sezilarli darajada maktabgacha ta'lim qamrovini kengaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, MTV innovatsion o‘qitish uslubiyotlarini qo‘llash va talabalarni qamrab olish bo‘yicha o‘ziga xos muayyan rejalarni belgilaydi.
“Biz loyihaga tayyorgarlik ko‘rish va amalga oshirish uchun faol qadamlar tashlay boshladik. Loyiha uchun Toshkent shahridan 3ta joy belgilab olindi. Rejalashtirilgan Innovatsion maktabgacha ta'lim tashkilotining faoliyati nafaqat maktabgacha ta'lim, balki respublika miqyosidagi o‘rta maxsus va oliy ta'lim sohalari uchun ham mos dasturulamal bo‘ladi”, deydi maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin.
Mavzuga oid
17:41 / 15.05.2025
Ta’lim sohasi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan majlislarga chaqirish taqiqlandi
21:51 / 13.03.2025
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat
18:47 / 24.12.2024
Kelgusi o‘quv yilida 100 dan ziyod maktab tashkil etiladi, 162 ta bog‘cha quriladi
14:43 / 20.12.2024