Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahorda ekilgan ko‘chatlarning 27,5 milliontasi qurib qoldi
“Yashil makon” dasturi doirasida shu yil bahorda ekilgan 137 millionta ko‘chatning 27,5 milliontasi yoki 20 foizi qurib qolgan. Rasmiy izohga ko‘ra, bunga sabab – “bahor va yoz o‘rtasida issiq kunlar tez kelib qolgan”. Shu bois endi daraxtlarni kuzda ekish ko‘paytiriladi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston bo‘ylab “Yashil makon” dasturi doirasida bahorda ekilgan 137 millionta ko‘chatning 27,5 millioni qurib qolgan.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev 26 sentabr kungi yig‘ilishda bu holatni tanqid qilgan.
Rasmiy xabarga ko‘ra, ko‘chatlarning 20 foizi qurib qolganiga sabab – bahor va yoz o‘rtasida issiq kunlar tez kelib qolishi oqibatida ko‘chatlar unishga ulgurmagan. Ularga odatdagidan 2-3 barobar ko‘p suv sarflashga to‘g‘ri kelmoqda.
“Shu munosabat bilan daraxtni kuzda ekishni ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu yilgi kuz mavsumida 125 million tup daraxt va buta, bahorda yana 75 millionta ekish rejalashtirildi. Bunda sug‘orish tizimi va imkoniyati yo‘q joylarga ko‘chat ekmaslik talab qilib qo‘yildi”, – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:31 / 11.12.2025
Piskentda daraxtlarni kesib tashlagan fermer xo‘jaligi rahbari jarimaga tortildi
12:59 / 10.12.2025
Video: Piskentda ko‘plab daraxtlar kesilib, yashil hudud yo‘q qilingani aytilmoqda
09:00 / 30.11.2025
Ishlab ketgan qonunlar va to‘xtamayotgan daraxtkushlik - hafta dayjesti
20:10 / 27.11.2025