Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda suv masalasi bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 noyabrdagi farmoyishiga asosan joriy yil 23–24 noyabr kunlari Toshkent shahrida Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi (DSXMK) tashkil etilganligining 25 yilligi munosabati bilan “Markaziy Osiyo davlatlarining suv bo‘yicha hamkorligiga 25 yil: erishilgan tajriba, istiqboldagi vazifalar” mavzuida Markaziy Osiyo xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Konferentsiya ishida Markaziy Osiyo davlatlari suv xo‘jaligi tashkilotlari, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi, qator xalqaro tashkilot va moliyaviy institutlar vakillari hamda olimlar va ekspertlar qatnashishi kutilmoqda.
Ta'kidlash joizki, DSXMK Markaziy Osiyoda suv resurslarini birgalikda boshqarish va sohani rivojlantirish borasidagi muhim vazifalarni amalga oshiradi. Shu jihatdan u Markaziy Osiyoda transchegaraviy suv resurslarini boshqarishning o‘ziga xos mexanizmi sifatida xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan.
O‘zbekiston Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasida faol ishtirok etib kelmoqda.
Komissiyaning Toshkent ilmiy-amaliy konferensiyasi Markaziy Osiyoda suv masalalari bo‘yicha davlatlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, transchegaraviy suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishda tashkilotning o‘rni va rolini kengaytirish, mintaqaning suv resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro aloqalari bo‘yicha kelgusidagi vazifalarini belgilash, shuningdek, Orolbo‘yi hududida suv xo‘jaligi sohasidagi hamda ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga yo‘naltirilgan mintaqaviy va milliy loyihalarni amalga oshirishga xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning resurslarini jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.
Konferentsiya doirasida turli tadbir va uchrashuvlar, suv resurslaridan barqaror foydalanishda ilg‘or tajribalar, usullar, ilm-fan yutuqlari, innovatsion ishlanmalar, zamonaviy texnika va texnologiyalarni namoyish etish imkoniyatini beradigan “Suv xo‘jaligi va suv xo‘jaligidagi texnologiyalar – WATER–2017” Markaziy Osiyo xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:10 / 21.01.2026
BMT «global suv bankrotligi» davri boshlanganini e’lon qildi
16:08 / 10.01.2026
O‘zbekistonlik olimlar suvni tozalashga qaratilgan yangi yechimni taqdim etdi
12:37 / 19.12.2025
Yakkabog‘ hokimligining o‘zbek “demokratiyasi”ga qarshiligi sindi. Qayrag‘och aholisi suv bilan ta’minlanadi
17:06 / 17.12.2025