Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotadagi «Solnechniy» kanselyariya mollari bozori yaqinida yong‘in ro‘y berdi
Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi o‘quv qurollari sotiladigan «Solnechniy» bozori yaqinidagi yog‘ zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. FVV holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
27 iyun kuni soat 14:37da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zangiota tumanida joylashgan korxonaning tom qismida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
«Bugun, 27 iyun kuni soat 14:37da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zangiota tumanida joylashgan «KASBI YoG‘» MChJga qarashli korxonaning tom qismida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, boshqarma yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 14:43da voqea joyiga yetib borib, soat 15:28da yong‘in o‘rab olingan va soat 16:05da batamom o‘chirilgan.
Olib borilgan amaliy ishlar natijasida korxonaning asosiy qismi yong‘indan saqlab qolingan», deyiladi vazirlik xabarida.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
14:58 / 27.12.2025
Sebzorda avtomobil yonib ketdi: jarohatlanganlar yo‘q
13:26 / 20.12.2025
Qoratosh–Samarqand Darvoza ko‘chalari kesishmasida mashina yonib ketdi
18:07 / 17.12.2025
Toshkent viloyatida o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab rahbariyati jazolandi
08:21 / 13.12.2025