Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda olti bog‘cha tarbiyachisi bir erkakni jip ostidan chiqarib oldi (video)
Xitoyning Guan uyezdida 6 bog‘cha tarbiyachisi jip ostida qolib ketgan erkakni mashina ostidan chiqarib oldi.
25 iyun ertalab ayollar tarbiyalanuvchilar bilan birga sayrga chiqishganda, bog‘cha darvozasi ortida ular ko‘z o‘ngida yo‘l transport hodisasi yuz bergan. Yo‘l chetida o‘tirgan erkak uning yonidan o‘tib ketayotgan Toyota Land Cruiser mashinasi ostida qolib ketgan. Haydovchi erkakni payqamay qolgan va uni urib yuborgandan keyingina mashinasini to‘xtatgan.
Shundan soniyalar o‘tmasdan, 50 yoshli jabrlanuvchi yordamga kelgan tarbiyachilar tomonidan krossover ostidan chiqarib olingan. Ayollar yo‘ldan kelayotgan baqiriqni eshitib, darhol yordamga oshiqishgan va mashinani ko‘tarib, erkakni chiqarib olishgan.
Voqea joyiga kelgan tez yordam mashinasi erkakni oyog‘i singan holda shifoxonaga olib ketgan. Voqeadan xabar topgan OAV xodimlari jasur ayollardan intervyu olgani voqea joyiga kelishgan. Bog‘cha ma'muriyati bolalar ko‘z o‘ngida odamning hayotini saqlab qolishda ko‘rsatilgan bunday shaxsiy o‘rnak o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashning eng yaxshi yo‘li ekanligini faxr bilan aytgan.
Mavzuga oid
11:24
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026