O‘zbekiston | 07:44 / 18.05.2022
3231
1 daqiqa o‘qiladi

2022 yilda 525 ming o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida xorijga chiqib ketgan

2022 yilning 1-choragida 525,1 ming o‘zbekistonliklar qarindoshlarni yo‘qlash uchun xorijga chiqqan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Pixabay

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1-choragida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga safar maqsadlari orasida qarindoshlarini yo‘qlash birinchi o‘rinda turibdi — 525,1 ming kishi.

Bundan tashqari, dam olish maqsadida 138,6 ming kishi, o‘qish maqsadida 40,2 ming kishi chetga chiqib ketgan.

Shuningdek, davolanish uchun 9,5 ming kishi O‘zbekistondan ketgan bo‘lsa, xizmat yuzasidan 3 ming kishi chiqib ketgan.

Bundan oldin 2022 yilda 536 ming kishi qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida O‘zbekistonga kelgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid