O‘zbekiston | 15:00 / 08.10.2025
3489
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Dunyo bo‘ylab milliy valutada xaridlar: HUMO va Alipay o‘rtasidagi hamkorlik yangi imkoniyatlarni ochmoqda

HUMO milliy to‘lov tizimi Alipay+ xalqaro servisi bilan HUMO kartalari va O‘zbekistonda chiqarilgan boshqa kartalarning sohiblari uchun qo‘shimcha afzalliklar taklif etuvchi hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Endilikda foydalanuvchilar chet eldagi xaridlar uchun bevosita so‘mda to‘lov qila oladilar.

Foto: HUMO

Hozirda servisga Octobankʼning Octomobile ilovasi ulangan bo‘lib (boshqa banklar esa ulanish jarayonida), unga istalgan kartangizni biriktirishingiz va uning afzalliklarini baholashingiz mumkin. Ushbu xizmatga ulangan banklar ro‘yxati bizning saytimizda (https://humoalipay.uz).

Biznesmenlar va sayohatchilar uchun qulaylikning yangi darajasi

HUMO va Alipay+ hamkorligi chegaralarni olib tashlaydi va chet eldagi qulay hamda xavfsiz hisob-kitoblar uchun yangi imkoniyatlarga yo‘l ochadi. Ushbu integratsiya tufayli, HUMO kartalarining sohiblari butun dunyo bo‘ylab sayohat qilishlari va o‘z banklarining ilovalari* orqali tovar va xizmatlar haqini bevosita so‘mda to‘lashlari mumkin. Endi ayirboshlash shoxobchalarini qidirish va naqd pul olib yurish shart emas.

Alipay+ do‘konlar va restoranlardan tortib mehmonxonalar va transportgacha – xizmatlarning keng ko‘lamidan foydalanish imkonini beradi. Chet elga safarga chiqqanda mahalliy ilovalarni yuklab olish va ularda ro‘yxatdan o‘tish zarur bo‘lmaydi. Xaridlar haqini bevosita so‘mda to‘lash uchun Alipay+ ga integratsiyalangan O‘zbekistondagi bankingiz ilovasining* o‘zi kifoya. Servis dunyoning 50 dan ziyod mamlakatida amal qiladi. Ular qatorida Xitoy, Turkiya, BAA, AQSh, Tailand, Qozog‘iston (Qozog‘istonda “Kaspi bank” QR-kodlari orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin) va boshqa ko‘plab mamlakatlar bor.

Biz chet el safarlarini maksimal tarzda qulay qilishga intilamiz: HUMO va Alipay+ orqali so‘mda amalga oshirilgan to‘lov foydalanuvchilar uchun odatiy bo‘lgan O‘zbekiston banklari ilovalari orqali silliq o‘tadi”, - deya sharhladi HUMO strategik rivojlantirish departamenti direktori Olga Amangeldiyeva.

Bu O‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun sayohatlardagi imkoniyatlar va moliyaviy erkinlikni anglatadi, chunki safarda ham odatiy kundalik to‘lovlar uydagidek oson amalga oshiriladi.

Jarayon qanday kechadi?

1. Chet elda bo‘lganingizda bankingiz mobil ilovasini* oching.

2. Sotuvchining Alipay+ logotipli QR-kodiga kamerani yo‘llang.

3. To‘lovni tasdiqlang. Tayyor! Summa avtomatik ravishda HUMO kartangizdan, so‘mda yechib olinadi.

Barcha amaliyotlar bevosita so‘mda amalga oshiriladi va qo‘shimcha komissiyalardan chetlanish imkonini beradi. Bu esa, xalqaro to‘lovlarning shaffofligini va qulayligini ta’minlaydi.

HUMO va Alipay hamkorligining asosiy afzalliklari:

- To‘lovlar geografiyasining kengligi. Siz 50 dan ziyod mamlakatda – qayerda Alipay+ logotipini ko‘rsangiz, xaridlar va xizmatlar haqini to‘lay olasiz. Qozog‘istonda esa, “Kaspi bank” QR-kodlari orqali to‘lov qila olasiz.

- So‘mda to‘lash. Mablag‘ bevosita HUMO kartasidan milliy valutada, yashirin komissiyalar va valuta hisob-kitoblarisiz yechib olinadi.

- Hech qanday yangi ilovalarsiz. Barcha amaliyotlar odatiy bank ilovasi* orqali o‘tadi.

- Barcha kartalar – bir joyda. Bank ilovangizga biriktirilgan istalgan kartadan foydalanish mumkin.

- Xavfsizlik. Barcha tranzaksiyalar HUMO va Alipay standartlari bilan himoyalangan. Kartangizga oid ma’lumotlarni hech qayerga yuborish shart emas, barchasi bank ilovasining ichida ro‘y beradi.

To‘lovning yangi ufqlari. Alipay+ bilan siz o‘nlab mamlakatlarda xaridlar, xizmatlar va safarlar uchun bevosita so‘mda tez va qulay to‘lov qilishingiz mumkin. Bugunoq foydalanishni boshlang va sayohatlarda qulaylikning yangi darajasini kashf eting.

Uydagidek oson!

* Bankingizda Alipay bilan integratsiya maqomini aniqlashtiring.

Barcha tafsilotlarni havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid