Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huquq-tartibot sohasiga yosh va talabchan rahbarlar kerak – prezident
Prezident huquq-tartibot sohasiga yuqori malakali, yosh va talabchan rahbarlar korpusi zarurligini ta’kidladi. Hozirda tizimda yosh chegarasidan o‘tgan 300 dan ortiq rahbar xizmat qilmoqda. Ular murabbiy va o‘qituvchi yoki mahallalarda yoshlar uchun ustoz sifatida faoliyat yuritishlari mumkin, dedi davlat rahbari.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston huquq-tartibot sohasiga yuqori kasbiy malakaga ega, yosh va talabchan rahbarlar korpusi kerakligini ta’kidladi.
Yig‘ilishda davlat idoralari va korxonalarida xavfsizlik uchun mas’ullar faoliyatini ham tanqidiy qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgani qayd etildi.
«Bizga yuqori kasbiy kompetensiyalarga ega, talabchan yosh rahbarlar korpusi kerak», – degan prezident.
Ma’lum qilinishicha, ushbu tizimda xizmat o‘tash chegarasi polkovniklar uchun 55 yosh, generallar uchun 60 yosh bo‘lsa-da, hozir bu yoshdan oshgan 300 dan ortiq xodim rahbarlik lavozimida ishlamoqda.
Vaholanki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida rahbar kadrlarning barchasining yoshi 50 yoshdan kichik.
Shavkat Mirziyoyev rahbarlikka yosh kadrlarni qo‘yish, pensiya yoshidagilarning tajribasidan murabbiy va o‘qituvchi sifatida foydalanish yoki mahallada yoshlarga ustozlik qiladigan tizim yaratish muhimligini qayd etdi.
Mavzuga oid
09:27
Navoiyda tog‘-kon va kimyo sanoati uchun kadrlar tayyorlash markazi ochiladi
21:34 / 10.02.2026
Xitoyning cho‘llanishga qarshi kurash tajribasi Navoiyda qo‘llanadi
20:25 / 10.02.2026
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi
13:42 / 10.02.2026