Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hasanboy Do‘smatov Rio-2016 olimpiadasining eng yaxshi bokschisi sifatida Vel Barker kubogi bilan taqdirlandi
Eng yengil vazn (49 kg.) toifasida Rio-2016 Olimpiadasida ishtirok etgan va oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov turnirning eng yaxshi bokschisiga beriladigan Vel Barker kubogi bilan taqdirlandi. Bu haqda Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) matbuot xizmati xabar bergan.
Uning texnikasi, xatti-harakatlari boks mutaxassislarini bee'tibor qoldirmagan.
"Bilaman, oilamdagilar men uchun xursand bo‘lishmoqda. Chempionlik - o‘xshashi yo‘q hayajonlar olib keldi. Rio-de-Janeyroga Olimpiya o‘yinlaridagi tajriba uchun katta rahmat", degan Do‘stmatov.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli ushbu bokschi finalda kolumbiyalik Yuberxen Martinesni yengib, O‘zbekiston uchun ilk oltin medalni keltirgandi.
1934 yildan buyon Vel Barker Kubogi AIBA qo‘mitasi talqiniga ko‘ra Olimpiya o‘yinlarida eng yorqin janglarni olib borgan bokschilarga taqdim etiladi. O‘z vaqtida kubalik 3 karra Olimpiada chempioni Teofilo Stivenson, eng sovrindor bokschi, ukrainalik Vasiliy Lomachenko kabilar ham shunday mukofot bilan taqdirlanishgan. 2012 yilgi London Olimpiadasi yakunida esa Vel Parker kubogi Qozog‘iston vakili Serik Sapayevga berilgandi.
Mavzuga oid
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
17:22 / 23.12.2024
Husanov – yilning eng yaxshi yosh sportchisi, Do‘smatov va Keldiyorova yilning eng yaxshi sportchilari. «Milliy sport mukofoti-2024» g‘oliblari e’lon qilindi
20:26 / 09.08.2024