Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyerar Deparde O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi
Taniqli aktyor Jyerar Deparde tez orada O‘zbekistonning Fransiyadagi turistik elchisi sifatida faoliyat boshlaydi.
Jyerar Deparde/Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Turizm sohasida kinosanoatga bo‘lgan e'tibor yuqori darajaga ko‘tarilib bormoqda. Hozirgi kunda eng muhim yangiliklardan biri – mashhur fransiyalik Jyerar Deparde janoblarining O‘zbekistonga kelganligidir.
Aktyor o‘zbek turizmida amalga oshirilayotgan islohotlarni eshitib, o‘zgarishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish niyatida tashrif buyurganini aytdi», – dedi Abduhakimov dushanba kuni matbuot anjumanida.

Uning aytishicha, ayni kunlarda Samarqandda O‘zbekistonning bor jozibasini butun Yevropaga ko‘rsatish maqsadida 52 daqiqalik telefilmni suratga olish jarayoni ketmoqda.
«Shuni alohida ta'kidlash kerakki, suhbat jarayonida Jyerar Deparde O‘zbekistonni Yevropada targ‘ib qilish vazifasini o‘z zimmasiga olishini ta'kidladi. Shundan kelib chiqib Jyerar Deparde janoblarini Fransiyada O‘zbekistonning turizm elchisi sifatida tayinladik.
Tantanali marosim yaqin kunlarda o‘tkaziladi. Ushbu tayinlov bizga yangi imkoniyatlarni ochib berishi shubhasiz», – deb ma'lum qildi Aziz Abduhakimov.
13-15 noyabr kunlari Toshkentda «Ipak yo‘lida turizm» XXV xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Yarmarka Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va «Milliy PR markazi» DUK ko‘magida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
19:42 / 19.02.2026
Samarqand aeroporti Yevropa va Markaziy Osiyoda eng tez rivojlanayotgan deb topildi
16:37 / 17.02.2026
Yanvarda O‘zbekistonga deyarli 1 mln turist: yetakchi uchlik - Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
14:30 / 03.02.2026