O‘zbekiston | 20:12 / 11.01.2022
2419
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatida hokim yordamchilari ish boshladi

Andijon viloyati hokimining tegishli farmoyishiga asosan hududdagi 887 ta mahallaga hokim yordamchilari lavozimga tayinlandi.

Jumladan, Andijon shahrida 83, Xonobod shahrida 15, Andijon tumanida 78, Asaka tumanida 74, Baliqchi tumanida 66, Bo‘ston tumanida 25, Buloqboshi tumanida 37, Jalaquduq tumanida 63, Izboskan tumanida 63, Ulug‘nor tumanida 24, Marhamat tumanida 48, Oltinko‘l tumanida 56, Paxtaobod tumanida 67, Xo‘jaobod 38,  Shahrixon 76, Qo‘rg‘ontepa tumanida 74 nafar hokim yordamchisi ish boshladi. 

Hokim yordamchilari quyidagi vazifalarni bajaradi:

- mahalladagi ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, ularga doimiy
daromad manbaini yaratishga ko‘maklashish uchun ustuvor ravishda
mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib boradi;

- respublika vakillari bilan birgalikda o‘ziga biriktirilgan
mahallani rivojlantirish bo‘yicha 2022 yilga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqadi, ijrosini ta’minlaydi;

- ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;

- amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bilan birgalikda doimiy ravishda hokimga hisobot beradi.

Hokim yordamchilarining faoliyati samaradorligini baholash tizimi joriy etiladi va yuqori natijalarga erishgan hokim yordamchilari Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

Mavzuga oid