Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Toshkentda Markaziy Osiyoda ilk bor «uch-generatsiya» stansiyasi quriladi
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida nutq so‘zlamoqda.
Prezident Yangi Toshkentda uy-joy, transport, ishxona, madaniyat, sport va ta’lim obektlarini qamrab olgan zamonaviy urbanizatsiya va ilmiy yondashuvlar asosida yurtimizda ilk bor “aqlli” texnologiyalar joriy etilishini ta’kidladi.
Eng zamonaviy ekologik transport tizimi tashkil etiladi. Yangi Toshkentda metro va elektrobuslar uyg‘unlikda harakatlanadi. Bunda, “yashil va xavfsiz shahar” tamoyili asosida piyodalar va velosipedlarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Shu maqsadda 100 ming avtomobil uchun yerosti turargohlari quriladi.
Avtomobil qatnovi uchun 14 ta zamonaviy tunnel hamda Chirchiq va Qorasuv daryolari ustida 7 ta ko‘prik bunyod etiladi.
Markaziy Osiyoda ilk bor “uch-generatsiya” stansiyasi quriladi. Ya’ni, bu stansiya orqali elektr ishlab chiqariladi, binolar kuz-qishda isitiladi, yozda esa sovitiladi. Barcha elektr, aloqa tarmoqlari, gaz va suv quvurlari yer tagidan o‘tkaziladi.
Innovatsion texnologiyaga asoslangan, yuqori daromadli 200 mingta ish o‘rni yaratiladi. Buning uchun yangi texnoparklar, Ay-Ti park, ta’lim va tibbiyot klasterlari tashkil etiladi.
Mavzuga oid
09:24 / 13.02.2026
Toshkent, Yangi Toshkent va Nukusda kreativ parklar tashkil etiladi
20:04 / 01.01.2026
Yangi O‘zbekiston universitetining kampusi 200 mln dollarga baholanmoqda
18:32 / 30.12.2025
Yangi Toshkentni poytaxt bilan bog‘lovchi metro liniyasi va ko‘prik qurilmoqda
18:09 / 30.12.2025