Sport | 22:13 / 04.03.2017
5641
3 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. "Borussiya" "Bayyer" darvozasiga 6ta to‘p kiritdi, "Bavariya"da yirik g‘alaba

Germaniya chempionatining 23-turida navbatdagi uchrashuvlar yakuniga yetdi. 

Turning markaziy o‘yinida "Borussiya Dortmund" o‘z uyida "Bayyer"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 6:2 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. 

Mezbonlarning gollariga Dembele, Obameyang (dubl), Pulishich, Shyurrle va Gerreyru mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlar tarkibida Folland hamda Vendell o‘z hisobiga 1tadan gol yozib qo‘ydi. 

"Keln" maydoniga safar qilgan "Bavariya" klubi raqib darvozasiga javobsiz 3ta gol kiritib, yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. 25-daqiqada Martines hisobni ochgan bo‘lsa, 48-daqiqada Bernat oradagi farqni oshirdi. O‘yinning so‘nggi daqiqasida Riberi gol kiritib, jamoasining yirik g‘alabasini ta'minladi. 

Xoffenxaym-1899 – Ingolshtadt-04 5:2 (1:1, 4:1)
Gollar:
1:0 – 17 Rudi, 1:1 – 38 Koen, 1:2 – 60, avtogol Zyule, 2:2 – 62 Salai, 3:2 – 77 Kramarich, 4:2 – 79 Salai, 5:2 – 88 Xyubner.
Xoffenxaym-1899 – Baumann, Tsuber, Xyubner, Zyule, Rudi, Fogt, Demirbay, Amiri (Tolyan, 80), Terratsino (Kramarich, 52), Salai, Vagner (Bichakchich, 85).
Ingolshtadt-04 – Xansen, Tisseran, Brejyeri, Zuttner, Matip, Morales (Yung, 87), Koen, Gross (Leks, 72), Xaderjonay, Xinterzeyer (Kittel, 82), Leskano.
Ogohlantirishlar: Rudi (34), Xyubner (58), Zuttner (65), Kittel (84).

Verder – Darmshtadt 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 75, penalti Kruze, 2:0 – 90 Kruze.
Verder – Vidvald, Sane, Bauer, Gebre Selassiye, Moysander, Bartels, Fritts (Grillich, 39), Yunuzovich (Eggeshtayn, 32), Gnabri, Kruze, Pisarro (Kaynts, 78).
Darmshtadt – Xoyyer, Sulu, Xolland (Boyd, 78), Sirigu, Gondorf, Altyntop, Nimayyer, Vranchich (Guvara, 72), Sem (Shipplok, 87), Xeller, Cholak.
Ogohlantirishlar: Altyntop (69), Eggeshtayn (85).

Keln – Bavariya 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar:
0:1 – 25 Martines, 0:2 – 48 Bernat, 0:3 – 90 Riberi.
Keln – Kessler, Subotich, Xaynts, Sorensen (Marox, 56), Olkovski, Klemens (Rudnev, 63), Raush, Xeger (Yoyich, 73), Modest, Osako, Tsoller.
Bavariya – Noyyer, Bernat, Martines, Alaba, Duglas Kosta (Riberi, 52), Lam, Alkantara, Vidal (Kimmix, 73), Koman (Rafinya, 82), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Vidal (34), Bernat (79).

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Maynts – Volfsburg 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar:
 0:1 – 20 Gomes, 1:1 – 24 Kordoba.
Maynts – Lessl, Bell, Bussmann, Donati, Ramalo, Oztunaly, Fray, Lattsa, De Blasis (Gbamen, 90), Muto (Samperio, 67), Kordoba (Kvayson, 90).
Volfsburg – Kastels, Knoxe, Bruma (Xorn, 75), Rodriges, Blashchikovski, Arnold, Luis Gustavo, Didavi (Mayoral, 78), Bazur, Malli, Gomes.

Borussiya D – Bayyer 6:2 (2:0, 4:2)
Gollar:
1:0 – 6 Dembele, 2:0 – 26 Obameyang, 2:1 – 48 Folland, 3:1 – 69 Obameyang, 3:2 – 74 Vendell, 4:2 – 77 Pulishich, 5:2 – 85, penalti Shyurrle, 6:2 – 90 Gerreyru.
Borussiya D – Byurki, Pishchek, Papastatopulos, Gerreyru, Bartra, Kastro, Vaygl, Roys (Pulishich, 44), Durm, Obameyang (Shyurrle, 81), Dembele (Kagava, 73).
Bayyer – Leno, Toprak (Dragovich, 86), Yedvay, Vendell, Xenrixs, Kampl, Arangis (Belarabi, 38), Bender, Xavertts, Mexmedi (Ernandes, 66), Folland.
Ogohlantirishlar: Arangis (16), Xavertts (37), Belarabi (45), Folland (63), Bender (69), Vendell (84).

Mavzuga oid