Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 fevraldan yotoqli poyezdlar chiptasi ham qimmatlashadi
1 fevraldan e’tiboran tezyurar bo‘lmagan (yotoqli) yo‘lovchi poyezdlar chiptasi ham qimmatlashadi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasining ma’lum qilishicha, mahalliy yo‘nalishlardagi chipta narxining tarif qismi 10,5 foizga oshiriladi.
Foto: Kun.uz
Bu – yo‘lovchi tashish sohada moliyaviy zararlarni nisbatan qisqartirish, temir yo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek yo‘lovchi vagonlar parkini yangilash, temir yo‘l vokzallari faoliyatini ta’minlash bilan izohlangan.
Avvalroq “O‘zbekiston temiryo‘llari” 1 fevraldan boshlab tezyurar poyezdlar uchun chiptalar narxi oshirilishini ma’lum qilgandi: “Afrosiyob” – 20-25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” chiptalari 30 foizga qimmatlashadi.
Mavzuga oid
12:24 / 10.01.2026
O‘zbekistonliklar 2025 yilda inflatsiya 12 foiz bo‘ldi deb hisoblamoqda – MB
10:32 / 03.01.2026
2025 yilda palov indeksi qanday o‘zgardi?
14:25 / 01.01.2026
2025 yilgi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?
17:43 / 31.12.2025