Jahon | 08:56 / 27.05.2018
5193
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada WebMoney taqiqlanishi sababli 4 million kishining hisob raqami bloklandi 

Foto: new-retail.ru

Ukraina milliy banki “WebMoney.UA” to‘lovlar tizimida qayd qilishni bekor qildi. Shu sababli 4 mln kishining hisob raqami bloklanib qoldi.   

Xabarda tushuntirilicha, milliy bank bu qarorni Ukraina milliy xavfsizligi va mudofaasi kengashining 2 may kunidagi qarori asosida kiritilgan sanksiyalar bilan bog‘liq holda qabul qilgan.

Sanktsiyalar ostiga Rossiyada qayd qilingan WebMoney.ru’dan tashqari, Britaniyaning WebMoney Europe Ltd va Ukrainaning WebMoney.ua tizimlari sanksiyalar ostiga tushgan.

Kompaniya o‘z navbatida Ukrainada barcha qonun me'yorlariga amal qilib 15 yildan beri ishlab kelayotgani va qabul qilingan qaror u uchun kutilmagan bo‘lgani aytgan. 

“Amaldorlardan birortasi tizim foydalanuvchilari bo‘lgan 4 mln oddiy ukrainalikning manfaatlari haqida qayg‘urmagan. Endi ularning pullari mas'uliyatsiz qaror sababli bloklab qo‘yildi”, deb ma'lum qilgan WebMoney.ua.

2016 yil noyabrda ham Ukrainada Webmoney, Yandeks.Dengi, QIWI Wallet va Wallet one/Yedinyy koshelek to‘lov tizimlari taqiqlangandi. Bunga to‘lov tizimlari Ukraina milliy banki bilan elektron pullarni qo‘llash qoidalarini kelishib olmagani sabab bo‘lgan. 

2018 yil 2 may kuni Ukraina milliy xavfsizligi va mudofaasi kengashi “Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi”ga aloqador yuridik va jismoniy shaxslarga qarshi sanksiyalar kiritdi.

 

Mavzuga oid