Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi
Shavkat Mirziyoyev 4–5 avgust kunlari Turkmanistonda o‘tadigan BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etadi. Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tadbirda ham qatnashadi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 4–5 avgust kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «Avaza» milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan tadbirda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi.
Konferensiya kun tartibidan transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va savdo tartib-taomillarini soddalashtirish, iqtisodiy transformatsiya, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit uchun xatarlarga bardoshlikni oshirish, Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston yetakchisi Turkmanistonga tashrif doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan tadbirda ham ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.
Mavzuga oid
22:48 / 15.02.2026
Qirg‘iziston ortidan Turkmanistonda ham milliy xavfsizlik rahbari almashtirildi
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
18:22 / 29.12.2025