Sport | 07:44 / 02.03.2017
14936
3 daqiqa o‘qiladi

Madriddagi triller! «Real» iroda ko‘rsatib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Ispaniya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. «Santyago Bernabeu»da kechgan uchrashuv haqiqiy dramatik ssenariylarga mos tushdi.

O‘z uyida «Las-Palmas»ni qabul qilgan «Real» osonlik bilan g‘alaba qozonishi kutilgandi. Lekin unday bo‘lib chiqmadi. Avvaliga Isko mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi. Biroq ko‘p o‘tmay Dominges hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Garet Beyl qizil kartochka olib maydonni tark etgach, o‘yin tizgini mehmonlar qo‘liga o‘tib ketdi.

Viyera penaltidan to‘p kiritib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Kevin-Prins Boateng o‘rtadagi farqni ikkitaga yetkazgandi. Biroq 10 kishi bo‘lib o‘ynagan «Real» «sinib» qolmadi va o‘yin so‘nggida ikki to‘p kiritib hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Krishtianu Ronaldu dastlab penaltidan, keyinroq boshi bilan to‘p kiritib jamoasiga bir ochko keltirdi.

Ushbu durangdan keyin «Real» 56 ochko to‘plab turnir jadvali peshqadamligiga qayta olmadi. Jamoa «Barselona»dan bitta kam o‘yin o‘tkazgan holda, bir ochkoga ortda bormoqda.

Yana bir uchrashuvda «Selta» «Espanol»ni qabul qilib, jangovar durangga imzo chekdi.

Ispaniya La-ligasi, 25-tur

Real Madrid – Las-Palmas 3:3 (1:1)

Gollar: Isko (8), Ronaldu (86, pen, 89) – Dominges (10), Viyera (56, pen), Boateng (59).
Real Madrid: Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kovachich (Benzema, 71), Isko (Vaskes, 65), Beyl, Ronaldu, Morata (Xames, 71).
Las-Palmas: Varas, Lemos, Kastelyano, Simon, Bigas (Artiles, 27), Viyera (Xalilovich, 75), Gomes, Dominges, Boateng (Garsiya, 69), Xese, Mesa.
Ogohlantirishlar: Simon (44), Beyl (47), Boateng (53), Ramos (55), Morata (70), Ronaldu (81), Xalilovich (90).
Chetlatish: Beyl (47, Real).

Selta – Espanol 2:2 (2:2)

Gollar: Aspas (21), Vass (30) – Moreno (28), Pyatti (32).
Selta: Blanko, Kabral, Kastro, Malo, Fontas, Radoya (Diop, 88), Vass, Dias, Sisto (Xosabed, 79), Aspas, Gvidetti (Gomes, 46).
Espanol: Lopes, Duarte, Karikol, Mark Navarro (Lopes, 15), Reyyes, Lopes Silva, Xavi Fuego (Xurado, 55), Peres, Pyatti (Reyyes, 86), Moreno, Kaysedo.
Ogohlantirishlar: Gvidetti (24), Fontas (26), Dias (68), Peres (70), Moreno (78).
Chetlatish: Fontas (43, Selta).

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid