O‘zbekiston | 11:37 / 04.04.2018
17727
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev uchta xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni imzoladi

Foto: Illyustrativ surat

O‘zbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchta xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni imzoladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Ulardan biri Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti Ustavini (Boku, 2015 yil 26 noyabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida bo‘lib, Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 6 martda qabul qilingan. Senat tomonidan 2018 yil 29 martda ma'qullangan

Yana biri - Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga To‘qqizinchi qo‘shimcha bayonnomani (Istanbul, 2016 yil 6 oktabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 6 martda qabul qilingan. Senat tomonidan 2018 yil 29 martda ma'qullangan

Uchinchisi qonun Shanxay hamkorlik tashkilotining Ekstremizmga qarshi kurashish Konventsiyasini (Ostona, 2017 yil 9 iyun) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 15 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 29 martda ma'qullangan.

Shanxay hamkorlik tashkilotining Ekstremizmga qarshi kurashish Konventsiyasi (Ostona, 2017 yil 9 iyun) quyidagi bildirish va shart bilan ratifikatsiya qilinadi:

1) Konventsiyaning 6-moddasi 2-bandi bo‘yicha: «O‘zbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasi Konventsiyani bajarish uchun mas'ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilangan»;

2) Konventsiya qoidalarining O‘zbekiston Respublikasida jinoiy jazo sifatida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini musodara qilishni qo‘llash mumkinligiga taalluqli qismi milliy qonunchilikka mos kelmaganligi uchun qo‘llanilmaydi.

 

Mavzuga oid