Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun O‘zbekiston vakillari Bangkokda ringga ko‘tariladi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida "Qirol kubogi-2017" xalqaro turnirida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari bugun bahslarni davom ettiradi.
Bellashuvlarga ikkinchi davradan qo‘shilgan Olimpiya o‘yinlari g‘olibi va Osiyo chempioni Hasanboy Do‘smatov birinchi jangini filippinlik Palam Karloga qarshi o‘tkazadi.
Yana bir Olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirov joriy mavsumdagi ilk jangida Xitoy Taypeyi vakili Kao Shin Yyen bilan bellashadi.
Olimpiya o‘yinlari sovrindori Murodjon Ahmadaliyev filippinlik Jyeyms Paliste, jahon chempionati bronza medali sohibi Elnur Abduraimov turkmanistonlik Zufar Saparboyev bilan kuch sinashadi.
Xalqaro turnirdagi dastlabki g‘alabasini nishonlagan Isroil Madrimov Xitoy Taypeyi bokschisi Kan Chia Vey, Shahram G‘iyosov hindistonlik Manoj Kumarbilan raqobatlashadi.
Jasurbek Latipovning ikkinchi davradagi raqibi tailandlik Kritipak Duangnut bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:42 / 29.03.2025
Myanma va Tailandda kuchli zilzila. So‘nggi ma’lumotlar
08:18 / 26.12.2022
Myanma hududida mushkul ahvolga tushib qolgan 15 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
20:16 / 16.02.2022
Tayland poytaxtining nomi o‘zgarishi mumkin
14:30 / 04.02.2020