O‘zbekiston | 21:34 / 16.08.2025
10626
1 daqiqa o‘qiladi

Muqaddas Ka’ba eshigining yopinchig‘i O‘zbekistonga olib kelindi

Shu yilning fevralida O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia Shavkat Mirziyoyevga Saudiya Arabistoni podshohi Salmon Ol Saudning O‘zbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Ka’ba yopinchig‘i kisvaning bir parchasini topshirgandi.

Foto: Videodan kadr

Saudiya Arabistonidan muqaddas Ka’ba yopinchig‘i - kisvaning eshik qismi to‘liq holda O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, muqaddas Ka’ba yopinchig‘ining ushbu qismi O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyasidan o‘rin olishi kutilyapti.

Shu yilning fevralida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi.  

Yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Saudiya Arabistoni podshohi Salmon Ol Saudning O‘zbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Ka’ba yopinchig‘i kisvaning bir parchasini topshirgandi.

Mavzuga oid