Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Madaniyat to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinadi (batafsil)
Illyustrativ foto
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Madaniyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.
Madaniyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
millati, irqidan qat'iy nazar fuqarolarning huquqiy tengligini ta'minlash.
ijod erkinligi, madaniyatlararo munosabatlarda teng huquqlilik, inson huquqlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarni hurmat qilish va madaniyatlar xilma-xilligini saqlash;
madaniyat sohasida ta'lim-tarbiyaning tizimliligi, ilmiyligi va uzluksizligi;
madaniyat sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning ommaviyligi va ochiqligi;
shaxs ruhiyati va kamolotiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi g‘oyalarga murosasizlik bo‘lish;
madaniyatning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, o‘zbek xalqining madaniy merosini asrash va rivojlantirish;
tarixiy va madaniy merosning muhofaza qilinishi va ularning rivojlanishida uzviylikni ta'minlash;
o‘zbek xalqi va etnik elatlar tarixiy merosini asrash, jamiyatning ilmiy salohiyatini rivojlantirish va qayta ishlab chiqarish uchun huquqiy kafolatlar yaratish;
madaniy faoliyat sub'yektlari o‘rtasida raqobat muhitini yaratish;
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniyat sohasiga oid qabul qilinayotgan qarorlarning madaniyat sohadagi yagona davlat siyosatiga mosligini ta'minlash;
milliy madaniyatimizga oid qadriyatlarni asrab avaylash va rivojlantirish muhofazasini ta'minlash;
zamonaviy media makonda milliy madaniyatimiz munosib o‘rin egallashiga, sohani xalqaro madaniy jarayonlarga talab darajasida integratsiya qilishga erishish;
madaniyat sohasiga zamonaviy innovatsiya va axborot texnologiyalarini joriy etish;
madaniyat sohasida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish.
Madaniyat sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
madaniyat sohasidagi munosabatlar, ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomini belgilash, ijodkorlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani yaratish;
yosh ijodkorlarga ta'lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, aholining o‘sib borayotgan madaniy ehtiyojlarini qondirish va madaniy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish;
milliy madaniyat va san'at muassasalarini to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun ularning moddiy-texnik bazasini xalqaro standartlarga moslashtirish;
madaniyat sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish, sohani keng tadqiq va targ‘ib etish hamda xalqaro madaniy jarayonlarga integratsiya qilish;
milliy madaniyat va san'at sohasidagi milliy xalqaro festival va tanlovlar o‘tkazish hamda ularda ijodkorlarning ishtirokini ta'minlash;
ijodkorlarning sara asarlarini namoyishini targ‘ib etish;
milliy ijodiy mahsulotlarni eksport qilishning samarali tizimini yaratish;
xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Quyidagilar davlatning madaniyat sohasidagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
madaniyat sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
madaniyat sohasiga oid normativ-huquqiy bazani, ushbu sohadagi institutsional tizimni va madaniyat muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish;
tarixiy va madaniy merosimizni saqlash hamda uni yosh avlod tarbiyasida keng qo‘llash;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish, etnik madaniy an'analarni asrab-avaylash va xalq ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash;
aholi, jumladan, yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va kengaytirish;
madaniyat sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, madaniyatni yanada keng tadqiq va targ‘ib etish;
fuqarolarning, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning madaniy hayotda faol ishtirok etishi va ularning madaniy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish;
madaniyat sohasida o‘zaro samarali xalqaro munosabatlarni tashkil etish va rivojlantirish, milliy madaniyatga jahon madaniyatining ajralmas qismi sifatida qarash;
madaniyat va san'at muassasalarining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash, ijodiy uyushmalarning moddiy resurs bazasini yanada mustahkamlash.
Madaniyat sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat organlari o‘z vakolat doirasida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari madaniyat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
madaniyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshiradi;
madaniyat sohasidagi davlat dasturlari, “yo‘l xaritalar” va boshqa chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlaydi;
Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros obektlarining ro‘yxatini yuritish tartibini belgilaydi;
madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, asrash va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
respublika ahamiyatidagi hududlardan va moddiy madaniy meros, shu jumladan Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan obektlarning muhofaza tegralaridan foydalanish tartibotini tasdiqlaydi;
tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, muzey-qo‘riqxonalarni va tarixiy manzilgohlarni tuzish tartibini va ularni saqlash tartibotini belgilaydi;
madaniy meros obektlarini madaniy-tarixiy ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilaydi;
muzeylarni tuzish, qayta tashkil qilish va tugatish tartibini belgilaydi;
davlat muzeylarining toifalarini belgilash tartibini belgilaydi;
Milliy muzey fondi va Milliy muzey fondi davlat katalogi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibiga kiritish va tarkibidan chiqarish tartibini belgilaydi;
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish va saqlash tartibini belgilaydi;
Milliy muzey fondi davlat qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini boshqarish tartibini belgilaydi;
Milliy muzey fondi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
muzey mutaxassislarini tayyorlash va muzey xodimlarining malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi madaniyat sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, saqlash, ommalashtirish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta'minlash;
moddiy madaniy meros obektlarini ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etish, konservatsiyalash, ta'mirlash va ulardan hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi xalqi madaniyati rivoji uchun shart-sharoit yaratadi;
mahalliy ijroiya organlarining madaniyat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qiladi;
madaniyat sohasida ilmiy dasturlar ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
o‘z vakolat doirasida madaniyat masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqadi, tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida madaniy boyliklarni hisobga olish, muhofaza qilish, konservatsiyalash, ta'mirlash va ulardan foydalanish, shuningdek mamlakat madaniyati taniqli arboblari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
Nomoddiy madaniy meros obektlarining milliy ro‘yxatini yuritadi;
teatr, musiqa san'ati, kinematografiya, kutubxona va muzey ishi bo‘yicha respublika ahamiyatidagi davlat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va qo‘llab-quvvatlaydi;
davlat madaniyat tashkilotlarini tuzish, qayta tashkil qilish va tugatish bo‘yicha takliflar kiritadi;
madaniyat sohasida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlar o‘tkazilishini amalga oshiradi;
ijtimoiy ahamiyatli adabiyotlar sotib olinishi, nashr qilinishi va tarqatilishi, shuningdek respublika darajasida milliy filmlar yaratilishi bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi;
madaniyat va san'at namoyandalariga O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari berish va ularni davlat mukofotlari bilan taqdirlash, ijodiy jamoalarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdirlash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
ijodiy faoliyatning turli sohalarida milliy (respublika) va xalqaro tanlovlar va festivallar, sovrin va mukofotlar ta'sis etadi;
respublika tanlovlari va festivallari o‘tkazish namunaviy nizomlar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
madaniyat tashkilotlari xodimlari toifalariga nisbatan malakaviy talablar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
madaniyat, davlat madaniyat tashkilotlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va muddatidan ilgari attestatsiyadan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlaydi;
davlat kutubxonalari, davlat muzeylari va muzey-qo‘riqxonalarning tovarlar, ishlar, xizmatlar realizatsiya qilish bo‘yicha haq to‘lash evaziga faoliyat ko‘rsatishi hamda tovarlar, ishlar, xizmatlar realizatsiyasidan pullarni sarflashi qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
respublika madaniyat tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
barcha toifadagi madaniyat xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil qiladi;
madaniyat sohasida ilmiy tadqiqotlar tashkil qiladi;
xalqaro madaniy hamkorlik sohasidagi faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
davlat organlari, mahalliy ijroiya organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning taklifi bo‘yicha O‘zbekiston xalqi nomoddiy madaniy merosi qismlarini Insoniyat nomoddiy madaniy merosi taqdimot ro‘yxatiga va YuNeSKOning shoshilinch muhofazasiga muhtoj nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida buyurtmalar yuboradi;
O‘zbekiston Respublikasi muzey fondini shakllantirish va saqlash tartibini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi muzey fondi davlat katalogini yuritish qoidalarini va muzey ma'lumotlar bazasini yuritish qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
tarmoqlar badiiy kengashlarini tuzadi va ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Nomoddiy madaniy meros obektlari milliy ro‘yxatini shakllantirish va yuritish qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
madaniy boyliklarni vaqtincha olib chiqish bo‘yicha ekspert komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlaydi;
madaniy boyliklarni vaqtincha olib chiqish huquqini beradigan sertifikat topshirish qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
madaniyat tashkilotlari tarmog‘i minimal davlat normativlarini hamda viloyat, respublika davlat madaniyat tashkilotlari ahamiyatidagi shahar, tuman, viloyat ahamiyatidagi shaharlar, qishloq darajasidagi davlat madaniyat tashkilotlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlaydi;
ta'lim sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda madaniyat sohasida ta'lim tashkilotlari faoliyati qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
ta'lim sohasidagi vakolatli organ bilan madaniyat sohasida barcha darajadagi ta'limning namunaviy o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini kelishib oladi;
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan madaniyat sohasidagi ta'lim tashkilotlarida oliy ta'lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'limga, shuningdek texnik va kasbiy o‘rta ta'limga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga davlat ta'lim buyurtmasini shakllantirishda ishtirok etadi;
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan madaniyat sohasidagi ta'lim tashkilotlarida oliy ta'lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'limga, shuningdek texnik va kasbiy o‘rta ta'limga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga davlat ta'lim buyurtmasining taqsimlanishi va joylashtirilishini tasdiqlaydi;
ta'lim sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda madaniyat sohasidagi ta'lim tashkilotlarida o‘quv − uslubiy va ilmiy − uslubiy ishlarni tashkil qilish va amalga oshirish qoidalarini tasdiqlaydi;
o‘z vakolat doirasida madaniyat sohasidagi ta'lim tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
o‘z vakolat doirasida respublika (qishloq, posyolka, tuman, shahar, viloyat, respublika) madaniyat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ijodiy uyushmalar va mulk shaklidan qat'i nazar boshqa tashkilotlar bilan madaniyat masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi;
iqtidorli yoshlarni va istiqbolli ijodiy jamoalarni izlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
musiqa va teatr san'ati sohasidagi repertuar siyosatini muvofiqlashtiradi;
milliy madaniy boylik obektlarining alohida tartiboti bo‘yicha ekspert komissiyasini tuzadi;
vatandoshlarimizning madaniy aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlar kelib chiqishi joylari nomlanishini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organining so‘rovnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi tarixi va madaniyati boyligi hisoblangan belgilardan tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovarlar kelib chiqishi joyi nomlanishi sifatida foydalanish uchun kelishadi yoki kelishishni rad qiladi;
davlat muzeylarida fond-sotib olish (fond-tanlash) komissiyasini tuzish qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
davlat teatr va konsert-tomosha tashkilotlarining sahnalashtirish mablag‘larini hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi muzey fondi muzey ashyolarini hisobga olish, saqlash, ulardan foydalanish va hisobdan chiqarish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Mavzuga oid
10:20
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
19:50 / 19.12.2025
Mahalliy kengash va hokimlar faoliyatiga xos bo‘lmagan 8 ta vazifa bekor qilinadi
10:15 / 08.12.2025
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni rasmiylashtirish bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi
15:46 / 06.12.2025