Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Propiskani qat'iylashtirish haqidagi qaror loyihasi nega muhokamadan olib tashlangani ma'lum qilindi
Foto: KUN.UZ
«Davlat boji stavkalarining 4-bandiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi.
Loyihada Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk sotib olinganda undiriladigan davlat boji bilan bog‘liq masalalar nazarda tutilgan edi.
Adliya vazirligi rasmiy xabarida aytilishicha, davlat boji stavkalarini kompleks ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqib hamda propiska masalasida qonun hujjatlarini takomillashtirish masalasi qo‘shimcha o‘rganilayotganligi sababli loyiha jamoatchilik muhokamasidan olib tashlandi.
Ma'lumot uchun: hujjat loyihasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tish imkonini beruvchi shartlarni qat'iylashtirish taklif etilgan.
Unga ko‘ra, boshqa davlatlardan kelgan va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qiymati eng kam oylik ish haqining 3300 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganida –shartnoma summasining 10 foizi miqdorida to‘lov undirilishi mumkin.
Ushbu taklif O‘zbekiston fuqarolariga taalluqli emas, ammo quyida hujjat loyihasida aynan mahalliy aholiga aloqador taklif ham keltiriladi.
«Agar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk ikki yoki undan ortiq shaxs tomonidan umumiy mulk huquqi asosida sotib olingan taqdirda, ularning har biri mazkur kichik bandda belgilangan stavkada davlat boji to‘laydi», — deyilgandi muhokamaga havola qilingan hujjat loyihasida.
Mavzuga oid
14:03 / 14.02.2026
Rossiya Adliya vazirligi “chet el agentlari” ro‘yxatiga yana uch jurnalistni kiritdi
09:01 / 31.01.2026
AQSh Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha 3 mln sahifadan ortiq materialni e’lon qildi
11:42 / 28.01.2026
1200 dan ortiq odamga soxta “prava” qilib berganlar ustidan tergov ketmoqda
09:39 / 27.01.2026