Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UFC jangchisi uydagi zo‘ravonlikda ayblanib hibsga olindi
Foto: Esther Lin/ MMA Fighting
Mutlaq jangchilar chempionati jangchisi Nik Dias Las-Vegasda uy zo‘ravonlik holati bo‘yicha ayblov bilan hibsga olindi.
MMAFighting ma'lumotiga ko‘ra, Dias o‘zi bilan birga yashagan qizni do‘pposlab, bo‘g‘gan. Bu holat vaziyatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari aralashuviga qadar davom etgan.
Ta'kidlanishicha, sportchi ayni damda Klark qamoqxonasiga joylashtirilgan va yuqoridagi holat bo‘yicha tergov boshlangan. Ilk eshituvlar 26 mayga belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) yengil vazndagi amaldagi chempioni Habib Nurmagomedov to‘rt yil muqaddam faoliyatini yakunlashga juda yaqin bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024