Mutlaq jangçilar çempionatining (UFC) yengil vazndagi amaldagi çempioni Habib Nurmagomedov tört yil muqaddam faoliyatini yakunlaşga juda yaqin bölgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Habib jarohatlar tufayli kamarsiz qolişi mumkin edi, u faoliyatini yakunlaşga qaror qilgan payt ham böldi. Öşanda unga şunday dedim: «Biz bungaça şunça uzoq masofani bosib ötdik, endi bunday tezlik bilan mağlub böliş yaramaydi». U gilamga qaytdi va işlay boşladi. Şundan keyin umuman töxtamadi. Bu tört yil avval yuz bergandi», - deya aytib ötdi sportçining otasi Abdumannop Nurmagomedov.
Şuningdek, rossiyalik jangçi otasi öğlining faoliyati qanday keçişini taxmin qilib kördi.
«Mening öylaşimça, u 32 yoşgaça yuqori darajada jang qiladi. Keyin pastga şönğiy boşlaydi, xuddi barça kabi – tabiat qonunlariga bas kelib bölmaydi. Fikrimça, Habib bilan işlovçi jamoa, murabbiylar tarkibi, u bilan muntazam ravişda işlaydigan olti-sakkiz kişi - «Habib, yetadi, vaqti keldi», deyişsa, biz yakunlaymiz», - deya qöşimça qilib ötgan Nurmagomedov.
Eslatib ötamiz, avvalroq maşğulotlarida muşukdan foydalangan çeçenistonlik MMA jangçisini jazolaş talab qilingandi.












