Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viloyatlarda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi
Andijonda metan zapravkalar soat 5:00 dan 17:00 gacha, Navoiy viloyatida esa 6:00 dan 19:00 gacha ishlashi belgilandi. Boshqa hududlarda ham cheklovlar kiritilmoqda.
Foto: Kun.uz
Viloyatlarda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar kiritila boshlandi. Bu haqda “Hududgaz”ning filiallari xabar qilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyatida viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda 143 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati tonggi soat 5.00 dan kechki soat 17.00 ga qadar etib belgilandi. Bu zaruriy choralar vaqtincha ekani va gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani ma’lum qilingan.
Shu tartibda Navoiy viloyatida 51 ta metan zapravka faoliyati soat 6:00 dan 19:00 gacha, Xorazm viloyatida esa 94 ta AGTKSh faoliyati soat 5:00 dan 17:00 gacha qilib belgilandi.
Avvalroq Energetika vazirligi metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilishini bildirib, buni qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani bilan izohlagandi.
Mavzuga oid
17:49 / 12.12.2025
Barcha hududlarda metan zapravkalar ish vaqtiga cheklov kiritildi
13:20 / 10.12.2025
Limon, go‘sht, metan. Yillik hisobda eng ko‘p qimmatlashgan mahsulotlar va xizmatlar
18:43 / 20.10.2025
Sabzi, metan, nikoh uzugi. Yillik hisobda eng ko‘p qimmatlashgan mahsulotlar
19:17 / 12.10.2025