O‘zbekiston | 13:31 / 29.08.2025
7640
3 daqiqa o‘qiladi

Kuz salqin ob-havo bilan boshlanadi

Salqin havo bilan boshlanadigan sentabr keyinroq mintaqaga issiq to‘lqinlarni olib keladi. Kuz davomida antitsiklonlar yuz berib, sentabrda oxirida yog‘inli kunlar kutilyapti. La-Ninyo ta’siri sabab, sentabr-oktyabr oylari me’yor va me’yordan biroz issiqroq, noyabr esa salqin kechishi mumkin. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Qozog‘istondan o‘tishi kutilayotgan keng masshtabli antitsiklonning bir chekasi respublika territoriyasidan o‘tib, kunduzgi havo haroratini +30...+35 darajagacha bo‘lishini, tungi haroratning esa +15, tog‘larda +10 darajagacha pasayishini ta’minlaydi.

Sentyabrning 4-sanalaridan havo harorati yana ko‘tarilib borib, respublikaning katta qismida +35...+38 darajagacha – odatiy sentabr boshiga xos iqlimiy vaziyatni tuhfa etadi. Oy o‘rtalarida ikki-uch kunlik issiq havo to‘lqini hududlarga ta’sir etadi. Oyning uchinchi dekadasigacha respublika bo‘ylab deyarli yog‘ingarchilik bo‘lmasligi kutilyapti. Uchinchi dekadaga kelibgina kuzgi yog‘inlarga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Kuzni prognoz qilishdan oldin, Tinch okeani markazidagi El-Ninyo va La-Ninya hodisalari shakllanishiga e’tibor qaratamiz. Ayni kunlarda Tinch okeani markazida okean suvi harorati ko‘p yillik iqlimiy me’yordan 1 daraja pasayib, passiv La-Ninya tabiatini ulashmoqda. Bu kabi holatlarda mintaqamizda kuz oylarida u qadar ko‘p yog‘in bo‘lmagan. Ammo, Samarqand, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va vodiy viloyatilari bo‘ylab kuz uchun biroz ko‘proq yog‘inlar tushishi mumkin.

La-Ninyo faol davrlarda mintaqada kuzgi antitsiklonal jarayonlarning faolliligi azaldan ortgan. Demak, umumiy kuz mavsumi u qadar issiq bo‘lmasligini taxmin qilishimiz mumkin. O‘tgan 8 oylik kuzatuvlarda O‘zgidrometning ko‘plab stansiyalarida 2021 yil oylariga mos harorat rejimi takrorlandi. Shu asosda fikr yuritsak, sentabr va oktyabr oylari harorat bo‘yicha me’yor va me’yordan biroz yuqori, noyabr esa salqin bo‘lishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid