Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 avgust – Tadbirkorlar kunida ishbilarmon doiralarning 29 nafar vakilini davlat mukofotlari bilan taqdirladi.
Prezident farmoniga asosan, O‘zbekistonning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shib kelayotgani, o‘zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini yaqqol namoyon etib, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida ibrat va namuna ko‘rsatayotgani, shuningdek, jamiyatda o‘zaro ko‘mak, saxovat va mehr-oqibatni kuchaytirishga qaratilgan ezgu ishlardagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlandi:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
- Abdullayev Baxodir Tojimirzayevich – Chust tumanidagi «Tai Chang Special Steel» MChJ ta’sischisi, Namangan viloyati
- Muhiddinov Botir Abdulhamidovich – Yashnobod tumanidagi «Bakan Tex» MChJ bosh direktori, Toshkent shahri
- Nuriddinov Paxritdin Jamolovich – Qibray tumanidagi «Agro-Light Business» gulchilik xo‘jaligi rahbari, Toshkent viloyati
- To‘ychiyev Karimjon Zikriyoyevich – Sirdaryo tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Sirdaryo viloyati
- Usmonov Botir Suvonovich – Jondor tumanidagi «Yakkatut klasteri» MChJ raisi, Buxoro viloyati
«Do‘stlik» ordeni bilan
- Boboyeva Xolisxon Nazirjonovna – Jizzax shahridagi «Al-Abbos silk» MChJ rahbari, Jizzax viloyati
- Boboqulova Nodira Norboyevna – Boysun tumanidagi «Kamari Aziz» uy mehmonxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati
- Bo‘ldiyeva Shoira Rajabovna – Buxoro shahridagi «Ruxshana Teks» xususiy korxonasi direktori, Buxoro viloyati
- Burxonov Rustambek Ravshanbek o‘g‘li – Xo‘jaobod tumanidagi «Fazo Group» MChJ ta’sischisi, Andijon viloyati
- Jumaniyozov Mo‘minboy Aminovich – To‘rtko‘l tumanidagi «Mustafa farm» MChJning shprits zavodi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Patterson Uilyam Daniyel – Paxtakor tumanidagi «Silverleafe» qo‘shma korxonasi bosh direktori, Jizzax viloyati
- Razzoqov Muzaffar Mahamatovich – Qo‘shtepa tumanidagi «Fergana Global Textile» MChJ ta’sischisi, Farg‘ona viloyati
- Rahimov Muxtorjon Nig‘matovich – Quyi Chirchiq tumanidagi «Quyonchilik va naslchilik agro kompleks» MChJ ta’sischisi, Toshkent viloyati
- Soliyeva Zuhra Adhamovna – Toshloq tumani tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi rahbari, Farg‘ona viloyati
- Hamroyev Baxtiyor Jabborovich – Navoiy shahridagi «Gidro Stanko Servis» MChJ direktori, Navoiy viloyati
- Ergashev Nurbek Haydarovich – Qarshi shahridagi «Sulton Tex Group» xususiy korxonasi direktori, Qashqadaryo viloyati
«Shuhrat» medali bilan
- Azizov Nasim Ne’matovich – Yangi Namangan tumanidagi «Merrymed farm» MChJ direktori o‘rinbosari, Namangan viloyati
- Orifjonov Botir Zukurovich – «Astrum IT» akademiyasi ta’sischisi
- Ahmadjonov Shokirjon Nosirjon o‘g‘li – Rishton tumanidagi «Axmadjonov Shokirjon Nosirjon o‘g‘li» kulolchilik korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati
- Botirov Farhodjon Mashrabboyevich – Farg‘ona viloyati «Agro Impex Walley» MChJ ta’sischisi
- Jalilov O‘lmas Vasiljonovich – O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i
- Ikromov Rustam Aliyevich – Jizzax shahridagi «Bonu shirinliklari» MChJ direktori, Jizzax viloyati
- Iskandarov Yo‘ldosh Otayevich – Xiva tumanidagi «Yo‘ldosh Majid» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati
- Karimov Ravshan Murodovich – Bulung‘ur tumanidagi «Metin Group Impeks» MChJ rahbari, Samarqand viloyati
- Qarolov Sanjar Ismoilovich – Qarshi tumanidagi «Qarshi agroklaster» MChJ kuzatuv kengashi raisi, Qashqadaryo viloyati
- Niyozov Abdulqosim Alisherovich – Qumqo‘rg‘on tumanidagi «Niyozov Abdulqosim» xususiy korxonasi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
- Xakimov Yodgorjon Turg‘unboyevich – Shahrixon tumanidagi «And-Chin Invest» MChJ ta’sischisi, Andijon viloyati
- Shokirov Alisher Rustamovich – Yuqori Chirchiq tumanidagi «Texenergoremmash» oilaviy korxonasi direktori, Toshkent viloyati
- Sharipov Ismoil Zaripovich – Qiziltepa tumanidagi «Golden meva-sabzavot klaster» MChJ bosh direktori, Navoiy viloyati
Eslatib o‘tamiz, kecha bundan tashqari yana 100 nafar tadbirkor «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan edi.
Mavzuga oid
22:30 / 23.08.2025
Biznesga “amnistiya”, energetikada pasayish va 2023 yilga qaytgan dollar - hafta dayjesti
17:32 / 30.01.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tekshirish samaradorligi bo‘yicha eng yomon tashkilot deb topildi
20:20 / 20.01.2025
Nodavlat OTMlarga norasmiy “soliq” solish davom etayotgani aytilmoqda. Vazirlik buni rad etdi
11:04 / 17.01.2025