Jahon | 08:29 / 18.04.2021
13820
1 daqiqa o‘qiladi

Nikol Pashinyanga urushda halok bo‘lgan askar qabriga gul qo‘yishga yo‘l berilmadi

Armanistonda Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan askarning qarindoshi mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyanga askar qabriga guldasta qo‘yishga yo‘l bermadi. Bu haqda NEWS.am nashri xabar berdi.

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev

“Bu ukam qabri. Men sizga ruxsat bermayman. Bunga haqliman”, deb e'tiroz bildirgan Pashinyanga askarning qarindoshi. 

Keyinroq Pashinyan yana askar qabriga kelib, uning qarindoshi bilan gaplashishga urinib ko‘rgan. Shunda erkak “hukumat vakillaridan hech kim unga ukasi jasadini topishda yordam bermagani, aksincha unga xalaqit qilishganini” aytgan. Shundan keyin Armaniston bosh vaziri erkakka sog‘liq tilab, qabristondan ketgan.

Ma'lum bo‘lishicha, halok bo‘lgan askar erkakning kuyovi bo‘lgan.

Voqea Pashinyan Vayots Dzor oblastiga tashrifi vaqtida Tog‘li Qorabog‘dagi urushda halok bo‘lgan askarlar qabriga gul qo‘yish uchun Getap qishlog‘idagi qabristonga kelganida yuz bergan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid