Shimoliy Koreya ballistik raketa sinovini o‘tkazdi
Shimoliy Koreya navbatdagi marta ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, raketa 30 daqiqa davomida 800 km masofani uchib o‘tib, Yaponiya iqtisodiy hududi chegarasigacha yetib bormay, Yapon dengiziga qulagan. Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Sugaga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"14 may kuni soat 5:28da Shimoliy Koreya o‘zining g‘arbiy sohilidagi Kuson uyezdidan raketa uchirdi. Raketa 30 daqiqa uchgan, parvoz uzunligi 800 km ni tashkil qilgan", deb aytgan Suga.
Uning aytishicha, raketa Koreya yarimorolidan sharqqa tomon 400 km uzoqlikda Yapon dengiziga tushgan va bu hududdagi kemalarga hech qanday ziyon yetkazmagan.
Yaponiya mudofaa vazirining aytishicha, raketa 2 ming km balandlikka ko‘tarilgan.
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Mun Chje In ushbu sinovni keskin tanqid qilgan va uni BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasining buzilishi deb atagan.
Shimoliy Koreya oxirgi marta ballistik raketa sinovini 29 aprelda o‘tkazgandi. Pentagon ma'lumotlariga ko‘ra, o‘shanda snaryad Shimoliy Koreya hududiga qulagan.
Mavzuga oid
09:08 / 08.11.2024
Zelenskiy: Kursk oblastidagi KXDR askarlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda
18:53 / 06.11.2024
AQSh qit’alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
20:15 / 27.10.2024
Ukrainaga qarshi jangga tashlangan KXDR askarlari: ekspertlar qanday fikrda?
15:07 / 25.10.2024