O‘zbekiston | 20:48 / 15.06.2023
19556
2 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways Chexiyaning LET L-410 samolyotlarini sotib oladi

Ulardan mahalliy qatnovlar uchun foydalaniladi. 

Foto: Uzbekistan Airways

2023 yil 15 iyun kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi rahbariyati Chexiyaning LET Aircraft Industries konserni bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. 

Shartnoma doirasida LET L-410 turbovintli samolyotlar sotib olinadi. Ulardan kichik guruh yo‘lovchilarini tashish, ichki yo‘nalishlarda reyslar sonini ko‘paytirish, shuningdek, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida foydalaniladi. 

Ushbu havo kemalarini qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklarida qo‘llash va Zarafshon, Shahrisabz, Andijon kabi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilgan. 

LET L-410 «Turbolyot» - mahalliy aviakompaniyalar uchun mo‘ljallangan, yengil, ko‘p maqsadli ikki dvigatelli samolyot bo‘lib, 1966-1967 yillarda Chexoslovakiyaning Let Kunovice aviatsiya zavodi konstruktorlik byurosi (hozir Chexiyaning Aircraft Industries zavodi) tomonidan ishlab chiqilgan. 

Samolyot tayyorlanmagan asfaltlanmagan, o‘tloqli yo‘laklarda, qorli hududlarda, shuningdek, qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklari bo‘lgan aerodromlardan uchish uchun mo‘ljallangan. 19 yo‘lovchi yoki 1,8 tonna yukni 1500 km masofaga tashishga qodir.

Mavzuga oid