Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways bilan uchuvchilik karerangizni boshlang
Avialaynerni boshqarishni va mamlakatimizning yetakchi aviakompaniyasida karera qurishni orzu qilasizmi? Uzbekistan Airways Toshkentdagi O‘quv-mashg‘ulot markazi huzuridagi Uchuvchilar maktabiga qabul jarayonini davom ettirmoqda. Bu siz uchun zamonaviy havo kemasi kabinasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l!
Foto: Uzbekistan Airways
Maktab, kollej, litsey bitiruvchilari uchun
«2+2» tizimi bo‘yicha o‘qitish
– Institutda 2 yil — fundamental texnik bilimlarni olish (Toshkent davlat transport universiteti va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti)
– Uzbekistan Airways uchuvchilar maktabida 2 yil — nazariya amaliyotga aylanadi: zamonaviy trenajyorlar va xalqaro standartlar bo‘yicha haqiqiy parvozlar.

Texnika oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun
20 yoshdan 32 yoshgacha, oliy texnik ma’lumotli, harbiy guvohnomaga ega bo‘lishi shart. IELTS ≥ 6.0, TOEFL iBT ≥ 79, CEFR ≥ B2, CAE/FCE yoki ICAO ≥ 4 shkalasi bo‘yicha sertifikat bilan tasdiqlangan ingliz tilini bilish talab etiladi. Sog‘liq holati mukammal bo‘lishi shart.
Ta’lim bosqichlari
1-bosqich:
Yevropalik mutaxassislar jalb etilgan holda EASA (Yevropa Ittifoqi Aviatsiya xavfsizligi agentligi) tomonidan sertifikatlangan dastur asosida Toshkentda o‘tkaziladigan keng qamrovli nazariy tayyorgarlik. Nazariy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlar xorijiy uchuvchilar tayyorlash markaziga yuboriladi.
2-bosqich:
Amaliy tayyorgarlik Sloveniyadagi xalqaro hamkorlarimiz bazasida yevropalik malakali yo‘riqchilar rahbarligida olib boriladi.
O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan kursantlar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida tan olinadigan va karera uchun katta imkoniyatlar ochib beradigan EASA xalqaro sertifikatiga ega bo‘ladi.

Ariza qanday topshiriladi?
Uchuvchi bo‘lish oson emas: tayyorgarlik ancha vaqt oladi, bilim va ko‘nikmalarni egallash esa deyarli butun umr davom etadi. Agar siz qiyinchiliklarga tayyor bo‘lsangiz, to‘siqlarni yengib o‘tishga intilsangiz va yuksak mahoratli mutaxassisga aylanishni istasangiz, arizangizni kutamiz: https://aviatraining.uz/avia-training-ru/pilot/
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:35 / 11.02.2026
Toshkentga uchgan samolyotlar Samarqand va Bishkekka qo‘nishga majbur bo‘ldi
15:10 / 03.02.2026
UzAirways yo‘lovchilari reysga kechikkanda, qaytish chiptasi bekor qilinmaydigan bo‘ldi
08:40 / 03.02.2026
2026 yildan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports nosohaviy xarajatlarni moliyalashtirmaydi
18:12 / 28.01.2026