O‘zbekistonda avtomobil sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni “Avtomobil sanoatini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ” qarorni imzoladi.
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Prezident O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish dasturini tasdiqladi.
Dasturga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” AJ 2021 yilga qadar tovar mahsuloti ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshiradi.
Dastur doirasida 800 mln dollarlik sarmoyalar o‘zlashtiriladi. Shu bilan birga, importning ishlab chiqarish hajmiga nisbatan solishtirma nisbati 12,5 foizga qisqaradi, sanoat korxonalarida mehnat qiluvchilar miqdori esa 1,2 barobarga oshadi.
Prezident GM Uzbekistan AJ avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasini 29 foizdan 27 foizga pasaytirdi. Shu bilan birga, bunday pasayish 2017 yilning 1 iyuniga qadar imzolangan, avtomobil qiymatining kamida 85 foiziga to‘langan shartnomalar bo‘yicha realizatsiya qilinuvchi avtomobillarga tegishli bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev Pskent avtomobil poligonini “O‘zavtosanoat” AJ avtomobillari mintaqaviy sinov bazasini tashkil etishga berdi.
“O‘zavtosanoat” AJning ba'zi korxonalari soliq imtiyozlarini oldi.
“O‘zavtosanoat” AJ tashkilotlariga, istisno tariqasida, 2017-2021 yillarda ishlab chiqariluvchi avtobuslar va yuk texnikasi, o‘rnatilgan va tirkama texnikalar, shuningdek, ularning ehtiyot qismlari eksporti avvaldan to‘lov qilinmasdan yoki akkreditiv ochmasdan, xaridor bankining kafolati bo‘lgan holda, ko‘rsatilgan mahsulot xaridorlarga yetkazib berilgan kundan boshlab 180 kun ichida tushum tushishi yoki qayta olib kirish sharti bilan ruxsat berildi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024