Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublikada 18 turdagi hayvonlar zararli kasalliklariga qarshi veterinariya dori vositalari ishlab chiqiladi
Foto: Dreamstime
Veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi
Qaror bilan 2018-2023 yillarda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda «Huquqiy axborot» kanali.
Dasturda, xususan mamlakatda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va jadal rivojlantirish, bozorda barqaror talabga ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va ularning turlarini kengaytirish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari 2021-2023 yillarda respublikada brutsellyoz, leptospiroz, quturish, sil, salmanellyoz kabi jami 18 turdagi hayvonlar zararli kasalliklariga qarshi veterinariya dori vositalarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yiladi.
Shu munosabat bilan hokimliklarga veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va keyinchalik tovarlarni ichki hamda tashqi bozorlarga chiqarishga har tomonlama ko‘maklashish topshirildi.
Mavzuga oid
10:48 / 12.02.2026
Samarqanddagi Cho‘ponota tepaligi Milliy koordinatalar tizimining nol nuqtasi bo‘ldi
08:29 / 02.02.2026
Chegara orqali noqonuniy dori olib kirishga uringan shaxs qo‘lga tushdi
18:54 / 01.02.2026
Namanganda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va tibbiy buyumlar savdoga chiqarilishining oldi olindi
10:12 / 28.01.2026