Sport | 09:48 / 06.11.2016
7885
2 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola «Manchester Siti»ning yana bir g‘alabani qo‘ldan chiqargani haqida

Foto: VVS

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Midlsbro» (1:1) klubiga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida
Biz g‘alaba qozonish uchun rostdan ham hamma ishni qildik, o‘yin nazorati bizda edi, biroq so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib yubordik. Afsus.

«Barselona» bilan o‘yindan keyingi eyforiya haqida
«Barselona» ustidan qozonilgan g‘alaba bizga salbiy ta'sir qilgani yo‘q. Bu natijaga o‘sha o‘yindan keyin yuzaga kelgan eyforiya sabab emas. Biz 3 yoki 4 gol urishimiz mumkin edi. Olti yoki yettita juda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lgandik, ularni golga aylantira olmadik. Ikkinchi golni urib, o‘yinga nuqta qo‘yish kerak edi.

Raqiblarda imkoniyat paydo bo‘lgani haqida
Qoqilganimizni tan olaman, biroq chempionat hali uzoq davom etadi. O‘z maydonimizdagi so‘nggi 3 o‘yinda 6 ochko yo‘qotdik, biroq haliyam peshqadamlar safidamiz. Oldinga harakatlanishda davom etishimiz kerak.

Mavzuga oid