Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili lavozimi joriy etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaror e'lon qilindi.
Unga ko‘ra, vakil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko‘rib chiqiladigan qonunlar va boshqa hujjat loyihalarini tayyorlashda o‘zaro yaqin hamkorligini ta'minlash, ularni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ko‘rib chiqish, kelishish va axborot berish jarayonlarida ishtirok etishi belgilangan.
Shuningdek, u Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida qonunlar loyihalari, boshqa masalalarni muhokama etish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida qonun loyihalarini (qonunlarni) ko‘rib chiqishda ishtirok etadigan Hukumat vakillari tarkibini shakllantirishda ishtirok etadi.
Yangi tayinlanadigan vakil O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalarida ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalari, qonunlar, davlat dasturlari va boshqa masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kelishilgan nuqtai nazarini ifoda etadi. Bir so‘z bilan aytganda, vakolat vakil hokimiyatning ikki ustuni o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik bo‘lishini kutishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazir vakilni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish vakolatiga ega. Uning faoliyati Bosh vazir rahbarligida amalga oshiriladi, bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Mavzuga oid
17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)
11:49 / 20.11.2024
Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilandi
15:25 / 19.11.2024
O‘zbekiston hukumati parlament oldidagi vakolatlarini topshirdi
21:36 / 24.10.2024