O‘zbekiston | 15:25 / 19.11.2024
7513
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hukumati parlament oldidagi vakolatlarini topshirdi

Bosh vazir imzolagan qaror bilan, Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldidagi vakolatlarini zimmasidan soqit qildi. Hukumat faoliyati to‘xtab qolmasligi uchun yangi tarkibdagi hukumat shakllantirilguniga qadar amaldagi hukumat ishlashda davom etadi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovlariga muvofiq, Oliy Majlis palatalari yangi tarkibda shakllantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 19 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.

Bosh vazir matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan, amaldagi Vazirlar Mahkamasi Hukumat faoliyatida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.

Mavzuga oid