O‘zbekiston | 12:26 / 25.11.2017
11522
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘llar sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘llari ma'muriyati vakillari uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati ma'lum qildi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va «Kazikstan temir joli MK» AJ delegatsiyalari xalqaro yo‘lovchi tashuvlarini tashkil etish sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

«Passajirskiye perevozki» AJ va «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ uchrashuvi kun tartibidagi masalalar orasida 2017 yildagi qo‘shma ishlar yakunlari ham bor edi. Tomonlar ish samaradorligini oshirish va ikki davlat o‘rtasida temir yo‘l qatnovini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi.

Uchrashuvda chiptani xarid qilishning imtiyozli tizimini qo‘llash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bunda uni avvaldan xarid qilish muddati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Temir yo‘l ma'muriyatlari vakillari ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikning boshqa qator masalalarini ham muhokama qilishdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi.

Mavzuga oid