Jamiyat | 09:00 / 26.11.2018
11829
8 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Sochnaya dolina» va Viko sharbatlari «Halol» xalqaro sertifikatini oldi

NATURAL JUICE kompaniyasi sharbat hamda nektar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi «Halol» sifati standartlari talablariga mos kelishini tasdiqlagan  mahalliy ilk kompaniya bo‘ldi.  

Rossiya Federatsiyasining Muftiylar kengashi qoshidagi «Halol» standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish markazi tomonidan aynan Rossiya Federatsiyasi musulmonlari Diniy boshqarmasi rahbari – Muftiy,  Shayx Ravil Gaynutdinning imzosi bilan tasdiqlangan «Halol» sertifikati hujjatining kompaniyaga taqdim etilishi fikrimizning yorqin dalili hisoblanadi

«Halol» sertifikatining mavjudligi «Sochnaya dolina» va Viko savdo markasida chiqarilayotgan mahsulotlar ishlab chiqarilayotganida qat'iy nazoratdan o‘tishini, ta'qiqlangan qo‘shimchalar yo‘qligi hamda Islom ahkomlariga muvofiq kelgan holda sifatli va 100% tabiiy ekanligini anglatadi.

«Halol» so‘zi arab tilidan tarjima qilinganda “ruxsat etilgan” ma'nosini bildiradi. Bugungi kunda bu atama musulmonlar iste'mol qiladigan mahsulotlarnigina bildirmay, uni ishlab chiqarish jarayonidagi inson salomatligi va hayoti uchun xavfsiz, sifatli, ishonchliligining kafolati hamdir. «Halol» tamg‘asi bor mahsulotlar zamonaviy ekologik talablarga javob beradigan, tabiiy mahsulotlarning muqobilidir. Shunday ekan, “halol” tushunchasi allaqachon diniy tushuncha bilan cheklanib qolmay, mahsulot tozaligiga, uning tarkibida zararli qo‘shimcha va aralashmalar yo‘qligiga javob beruvchi mahsulot sofligining eng yuqori xalqaro sifat nazorat tizimini bildiradi. Dunyodagi turli millat va din vakillarining do‘kon peshtaxtalaridan aynan halol mahsulotlarini qidirishi ajablanarli emas. Sog‘lom ovqatlanish tarafdorlari mahsulot qadog‘idagi kichik yashil tamg‘a yuqori sifat, foydalilik va xavfsizlikning dalili ekanligini yaxshi bilishadi.

Endi bunday belgi «Sochnaya dolina» va Viko sharbat hamda nektarlarining qadoqlangan qutilarida ham uchraydi. “Sharbatlar ham halol bo‘lmasligi mumkinmi?” degan savol tug‘ilishi tabiiy. Ha, shunday bo‘lishi mumkin ekan. «Halol» sifati standartlariga spirt qo‘shimchalari (hatto foizida ozgina miqdorda bo‘lsa ham), konservant, aromatizator va stabilizatorlar qo‘shilmagan ichimliklar mos keladi. Asosiy talab xomashyo – sabzavot va mevalarga qo‘yiladi. Ularni yetishtirayotganda tabiiy bo‘lmagan o‘g‘it, antibiotik, GMO, o‘sishni tezlashtiruvchi vositalardan foydalanmaslik kerak. «Sochnaya dolina» va Viko sharbatlari hamda nektarlarini  tayyorlash jarayonida ishlatiladigan xomashyo nazorat etishning aynan mana shunday bir qancha bosqichlaridan o‘tadi, xomashyo tayyorlashga nisbatan yuqori talab qo‘yiladi. Sharbat hamda nektarlar tayyorlashda asosan serquyosh O‘zbekistonda yetishtirilgan tabiiy va ekologik xavfsiz meva-sabzavotlardan foydalaniladi. Mahsulotda kimyoviy qo‘shimchalar, aromatizator va boshqa zararli qo‘shimchalarning yo‘qligi - iste'molchiga mahsulotning tabiiy ta'mini his etishga, o‘zi hamda yaqinlarining salomatligi bilan bog‘liq muammolarning oldini olishga yordam beradi. Amaliyotda ham «Sochnaya dolina» – bizning oilaviy sharbat!” shiori o‘z tasdig‘ini topmokda. Zero, kompaniyaning bosh missiyasi xam yuqori sifatli mahsulotlarni hammabop qilishdir.

Hammaboplikda to‘xtaladigan bo‘lsak, halol xomashyo oddiy xomashyoga nisbatan qimmat bo‘lishiga qaramay, sevimli sharbat va nektarlarimizning narxiga bu o‘z  ta'sirini ko‘rsatmaydi. (Sertifikat olish jarayonida ishlab chiqaruvchi «Halol» sifati standartlariga mos kelmaydigan bir qancha mahsulot yetkazib beruvchilarni o‘zgartirdi).

Sertifikatlashtirish jarayoni bir qancha bosqichlardan iborat bo‘lib, qat'iy talablari bilan ajralib turdi. Avval Moskvadagi «Halol» standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish markazi tomonidan sharbat ishlab chiqarish jarayoi bosqichlari – xomashyoni qabul qilib olish, uni qayta ishlash, tayyor mahsulotni saqlashgacha bo‘lgan hujjatlar diqqat bilan o‘rganib chiqildi. Mutaxassislar barcha qo‘shimchalarning sertifikatlari, texnologik blok-sxemalarini tekshiruvdan o‘tkazishdi, sharbat va nektarlarning retsepturasini diqqat bilan o‘rganishdi. So‘ng Natural Juice kompaniyasining zavodlariga mustaqil auditorlar yuborilib, bir hafta davomida ular ishlab chiqarish maydonini nazorat qilishdi. U yerda faoliyat olib borayotgan shaxslar, foydalanilayotgan bino, maxsus kiyim va dezinfeksiya vositalari, qadoqlash hamda tamg‘alash holati sinchiklab o‘rganildi.  

“Tekshirish jarayonida biz xomashyo yetkazib beruvchi Yangiyo‘ldagi zavodda va sharbat hamda nektarlarni quyib beruvchi Toshkentdagi zavodda bo‘ldik, - deydi «Halol» standarti sifatini nazorat qilish bo‘limi rahbari Rafael Mavledinovich Fatxulin”. – O‘zim uchun quyidagilarni alohida belgilab oldim. Natural Juice kompaniyasi ishlab chiqarayotgan mahsulotining tabiiyligi va xavfsizligi masalalariga alohida e'tibor qaratadi: ishlab chiqarishning har bir bosqichi o‘zining qat'iy sifat nazoratiga ega. Korxona avval ISO standarti talablariga muvofiq ish olib borgan bo‘lsa, «Halol» sertifikati olinishi bilan sharbat va nektarlar iste'molchilar uchun avvalgidan ham ko‘ra sifatliroq hamda xavfsiz bo‘ladi. Kompaniya biz bilan muzokara jarayonini boshlagan va tekshiruv boshlanmasidan avval unda ishlab chiqarishning barcha jarayonlari yaxshilandi hamda «Halol» standarti talablariga muvofiqlashtirildi. Sertifikat olingandan keyin ham ushbu sifat darajasi saqlab qolinishi uchun mutaxassislarimiz muntazam ravishda  zavodlarni tekshirib turishadi.

Sharbatlarni nazorat qilish har doim ham bo‘lavermaydi: bu amaliyotimdagi ikkinchi holat. Mahsulotlarning halollik darajasi asosan go‘sht va sut mahsulotlari, qandolat mahsulotlarida o‘tkaziladi. Meva sharbatlariga kelsak, iste'molchilarda “mahsulot halol” degan noto‘g‘ri tushuncha bor. Aslini olganda bunday emas. Zararli ingrediyent, rang beruvchi vositalar, konservantlarni qo‘shish, xomashyoga ishlov berish jarayoniga amal qilmaslik, ishlab chiqarishda halol bo‘lmagan filtrlardan foydalanish – bularning barchasi jarayonga ta'sir qiladi. Aniq ishonch bilan ayta olamanki, «Sochnaya dolina» va Viko sharbatlarini ishlab chiqarish jarayoni risoladagidek ketmoqda. Sharbat va nektarlar menga faqat ekspert sifatida emas, oddiy iste'molchi sifatida ham yoqdi. Sifatli tabiiy mahsulot bugungi kunda ko‘p uchramaydi va shuning uchun ham qadrlidir. «Halol» sertifikatiga keladigan bo‘lsak, u bir yil muddatga beriladi. Muddat tugagach uni yana tekshirishlardan o‘tgan holda cho‘zdirish mumkin”.

Kompaniya uchun bu hujjatning afzallik tomoni eksport imkoniyatining kengayishidir. Agar hozir «Sochnaya dolina» va Viko faqat Markaziy Osiyo davlatlariga yetkazib berilayotgan bo‘lsa, kelajakda bozorning yangi jabhalari – uzoq xorijdagi mamlakatlarni ham “zabt etish”ning imkoni paydo bo‘ladi.

«Halol» belgisi bilan o‘z mahsulotlarini sertifikatlashtirish NATURAL JUICE kompaniyasining iste'molchilariga nisbatan hurmati hamda ularning sog‘lig‘i uchun befarq emasligini bildiradi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid