Yevroittifoq Guaydo hukumatini tan olishga tayyorligini bildirdi
Agarda yaqin kunlar ichida Venesuelada prezident saylovi bo‘lib o‘tishi haqida e'lon qilinmasa, Yevropa ittifoqi milliy assambleya raisi Xuan Guaydoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti sifatida tan olishga tayyor, deyiladi Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining bayonotida.
Qayd etilishicha, "o‘tgan yil may oyida Venesuelada bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarini erkin, adolatli va ishonchga loyiq deb hisoblab bo‘lmaydi".
"Mamlakatga zudlik bilan haqiqatan ham Venesuela aholisi irodasini ifoda etadigan hukumat kerak", deyiladi bayonotda.
Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Ispaniyadan so‘ng Niderlandiya ham sakkiz kun ichida Venesuelada prezident saylovi bo‘lib o‘tishi e'lon qilinmaydigan bo‘lsa, Guaydoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb tan olishini ma'lum qilgandi.
Ayni paytgacha AQSh, Braziliya, Kanada, Argentina, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Honduras, Panama, Paragvay, Peru, Gruziya, Albaniya va qator davlatlar Guaydoni vaqtinchalik davlat rahbari deb tan oldi.
Mavzuga oid
18:50
«Pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rish zarurati yo‘q» - Yevrokomissiya vakili Xitoyda tarqalgan virus haqida
13:02 / 06.01.2025
2025 yilda YeI-Markaziy Osiyo yetakchilarining birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi
14:41 / 02.01.2025
YeI Trampning boj to‘lovini oshirish haqidagi tahdidiga tayyor - Tobias Lindner
14:38 / 02.01.2025